Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 1.3. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikasiyalanishi. Investitsiyalarning
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
§ 1.3. Investitsiyalash maqsadlari va diversifikasiyalanishi. Investitsiyalarning
tasniflanishi Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarni investitsion siyosat asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital quyilmalarning ustivor yo‗nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‗g‗ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtirishni talab etadi. Chunki mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish esa investitsiyalarni shakllarga ajratgan holda tasniflanishini taqozo etadi. Buning uchun: Birinchidan, qo‗yilish ob‘ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratish orqali ularni iqtisodiyotga jalb etishni ta‘minlash muhimdir. Real investitsiyalar (kapital qo‗yilmalar) – pul mablag‗larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishini anglatadi. Asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‗liq investitsiyalar moddiy investitsiyalar bo‗lib, ko‗pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Bunda bir tomondan o‗z mablag‗lari va ikkinchi tomondan qarzga olingan mablag‗lar ishtirok etishi mumkin. Qarzga mablag‗ taqdim etilishida investor rolini bank bajaradi, chunki bank aniq loyihalarga kredit mablag‗larini jalb etishi mumkin. Shu bilan birga nomoddiy (potensial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini (ITTKI yoki ruscha NIOKR deb yuritiladi) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Ko‗pgina iqtisodchi olimlar turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy 17 tekshirish, litsenziya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo‗naltirilgan investitsiyalarni ko‗pgina iqtisodchi olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. Bugungi kunda investitsiya faoliyatini tubdan qayta ko‗rib chiqish strategik ahamiyatga molik investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda xorijiy investitsiyalar uchun ishonchli va samarali investitsion loyihalarni taqdim etish, investitsiya faoliyatini ichki manbalarini to‗g‗ri yo‗naltirish va bu borada investorlar rolini yanada oshirish maqsadida iqtisodiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aksiyalarning firma ustidan nazorat va ta‘sir doirasi belgilariga ko‗ra tasniflanishiga alohida e‘tibor qaratilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu juda muhim tarmoq bo‗lib hisoblanadi. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko‗ra tasniflangan: qo‗yilma ob‘ektlariga ko‗ra; investitsiyalashda qatnashish harakteriga qarab; investitsiyalash muddatiga ko‗ra; mulkchilik shakllari bo‗yicha; hududiy belgisi bo‗yicha (1.2-rasm). Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling