Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy investitsiyalar
- 2.1-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
§ 2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi ob‘ektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta‘minlanadi. Ushbu bozor o‗zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladiki, ular qimmatli qog‗ozlarni sotib olishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Moliyaviy investitsiyalar – bu daromad olish (foizlar, dividendlar va ijara haqi kabi) va asosiy kapital qiymatini ko‗paytirish maqsadida investor tasarrufida bo‗lgan korxona aktivlardir. Mohiyat jihatdan ―qimmatli qog‗ozlarga (aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‗ozlar), ya‘ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi‖ 25 . Moliyaviy investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin (2.1 – rasm): 2.1-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‗lgan bo‗sh pul mablag‗laridan samarali foydalanishni ta‘minlaydi. Amaldagi 25 Neshitoy A.S. Investitsii: Uchebnik. – 4-ye izd. – M.: «Dashkov i K 0 », 2006. – S. 14. Moliyaviy investitsiyalar Kiritish yo‘nalishiga ko‘ra 2. Qisqa muddatli 36 qonunchilikdan kelib chiqib moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‗linadi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko‗p bo‗lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‗ozlardir. Odatda ular bozor (likvidli) qimmatli qog‗ozlari, deb ham ataladi. Jalb etilgan mablag‗lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog‗ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. Bank kreditlari qarz mablag‗lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag‗lar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi. Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo‗llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli qog‗ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog‗ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning xo‗jalik sub‘ektlari uchun qimmatli qog‗ozlar bozori moliyaviy ta‘minlanish manbai va aholi va xo‗jalik sub‘ektlarining bo‗sh turgan mablag‗larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag‗larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli hajmdagi investitsiyalar kerak bo‗ladi. Bunday talabni qondirishda qimmatli qog‗ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o‗rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajaradi. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri bu to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo‗sh turgan mablag‗larni aksiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat budjetiga yo‗naltirish qo‗shimcha mablag‗ga bo‗lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag‗larini qayta taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo‗ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar harakatini ta‘minlab, iqtisodiy o‗sishga sharoit yaratadi. Moliyaviy investitsiya moliya bozorlarida amalga oshiriladi, qaysiki bunga qo‗yidagilar kiradi: - valyuta bozori(ichki bozorlar va unga o‗xshash halqaro bozorlar); - qimmatli qog‗ozlar bozori; 37 - oltin, qimmatbaho metal va toshlar bozori; - ssuda kapital bozori; - hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozori. Pensiya va sug‗urta fondiga o‗xshash moliya bozorini bunday segmentida investitsiya qimmatli qog‗ozlar yoki ssuda kapitali bozori orqali amalga oshiriladi. Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini asosi haqiqiy investitsiyani tashkil etadi, jumladan; u yerda jamg‗arma jarayoni va uning ko‗payishi ichki yalpi mahsulot (YAIM)ga ko‗paytirish orqali yuzaga keladi. Hozirgi sharoitda investitsiyani asosiy dolzarb bo‗lgan innovatsiyani sotib olishga qaratilgan. Innovatsiya ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan texnologik jarayonni ishlab chiqish, intellektual mehnat natijasidagi umumiy faoliyat (ishlab chiqarish, iqtisodiy, xuquqiy va ijtimoiy munosabatlar fanda, san‘at va ta‘lim sohasi va boshqa faoliyatlar)ning u yoki bu sferasidan foydalanishdir. Moliyaviy investitsiya nimaga tegishli bo‗lsa u haqiqiy investitsiyani tezlashtiruvchi vosita sifatida ko‗rib chiqilsa, unda bu holat to‗g‗ri hisoblanadi yoki bu avvalgi investitsion kapitalni egallanishi qoplanishi va jamg‗arilishiga olib keladi. Investitsiyalar nuqtai-nazaridan moliyaviy investitsiyalarni ko'rib chiqish ma'lum bir korxonaning qimmatli qog'ozlariga qo'yilgan investitsiyalar deb ta'riflanishi mumkin, ammo moliyaviy investitsiyalarni oluvchi korxona nuqtai nazaridan moliyaviy investitsiyalarning xususiyatini investitsion hamjamiyatning ushbu korxonani rivojlantirish uchun ishlatishi hisoblanadi. Bundan tashqari, agar investitsiya jarayonining mukammal modelini ko'rib chiqsak, potentsial investorlar korxona, oluvchi investitsiya kompaniyasi ustidan nazoratni o'z zimmalariga olishni mo'ljallamagan, korxonalarning cheksiz katta doirasi bo'lganida, kim uning aktsiyadori yoki kreditoriga aylanishi muhim emas. Oluvchi kompaniya rahbariyati o'z mablag'laridan keyinchalik foydalanish va hajmini oshirish uchun aktsiyadorlar va kreditorlarning talablarini qondirishi muhimdir. Shunday qilib, moliyaviy investitsiyalarni moliya bozorida to'plangan sarmoyaviy hamjamiyatning mablag'larni qabul qiluvchi korxonalarning iqtisodiy faoliyatiga jalb qilish orqali saqlash va ko'paytirish maqsadida to'plashi mumkin. 38 Bunday holda, oluvchini tanlash mezoni bu investitsiya bo'yicha istalgan natijaga erishish ehtimolidir. Investitsiyaning maqsadi va bularni risk bilan bog‗liqligiga qarab, investitsiya: - venchurli (riskli); - to‗g‗ridan to‗g‗ri; - portfelli; - annuitet shaklda bo‗ladi Venchurli (riskli) kapital – bu so‗zni riskli kapital qo‗ylmani nomlash uchun qo‗llanilgan bo‗lib, u yuqori risk bilan bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarishni yangi sohasida aksiya chiqarish hisobiga investitsiyani jalb etish shaklidir. Venchurli kapitalda qo‗yilgan kapital hisob kitoblarda tez o‗zini qoplash bilan bog‗liq loyihalarga kapital investitsiya qilinadi. Kapital qo‗yilma, tartib bo‗yicha aksiyalardagi oxirgi konversiya qilish huquqi bilan bog‗liq korxona mijozini aksiyasini bir qismini sotib olish yoki unga ssuda berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Riskli kapital qo‗yilma yangi texnologiyalarga asoslangan kichik innovatsion korxonalarni moliyalashtirish zarurligiga asoslanadi. To‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiya mazkur sub‘ektni boshqarishda ishtirok etish huquqi orqali xo‗jalik sub‘ektining daromadga ega bo‗lish va olish maqsadida ustav kapitaliga mablag‗ qo‗yishni bildiradi. Alohida ob‘ektlarga investitsiyani konsentratsiyalash (zich jamlanish) alohida yutuqli natijalarga erishishga yo‗naltirilgan qo‗yilmani maqsadini ko‗zlaydi va tadbirkorlik faoliyati ustidan to‗liq ahamiyatli bo‗lgan nazoratlarni imkoniyatini beradi, biroq bu yuqori riskli hisoblanadi. Portfel investitsiyasi portfelni shakllantirish bilan bog‗liq va bu qimmatli qog‗ozlarni va boshqa aktivlarni sotib olishni ifodalaydi. Portfel – vkladchini aniq investitsion maqsadiga erishishi uchun instrument vositasini bajaruvchi yig‗ilgan yagona holatga keltirilgan jamlangan jami barcha turli xildagi investitsion qimmatliklardir. Portfelga bir xil formadagi qimmatli qog‗ozlar va turli xildagi investitsion qimmatliklar kirishi mumkin (aksiya, obligatsiya, jamg‗arma va depozit sertifikatlari, garov guvohnomasi, sug‗urta polisi va boshqalar). Portfel investitsiyasi diversifikatsiyalash mexanizmi orqali riskni agar tadbirkorlik ustidan nazorat o‗z 39 vaqtida joriy etilgan bo‗lsa va sof foydani aniq o‗rtachaga yo‗naltirilgandagina kamaytirishga olib boradi. Annuitet (nem. Annuitat – yillik to‗lov) – investitsiya, asosan pensiyaga chiqganlar uchun bir xil vaqtlar oralig‗i ichida ma‘lum daromadni vkladchiga olib kelish uchun yo‗naltiriladigan investitsiyadir. Asosan bunda mablag‗ni sug‗urtaga va pensiya fondiga qo‗yish hisoblanadi. Sug‗urta kompaniyasi va pensiya fondlari muomalaga qarz majburiyatlarini chiqaradi, qaysiki ular ya‘ni egalari kelgusida ko‗zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun foydalanadilar. Xayotni sug‗urtalash sug‗urtalovchini moddiy bog‗liqligi ta‘minlangan holda sub‘ektlarni kutilmagandagi o‗lim holatlarini moliyaviy xavfsizligini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Pensiya fondi o‗z mijozlarini pensiya yoshiga chiqqandan so‗ng pul mablag‗lari bilan moddiy ta‘minlab turadi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling