Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

1) iqtisodiy omillar: 

ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining bir maromda 
ushlab turilishi;

jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning 
amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar 
bozori taraqqiyoti ta‘siri ostida olib borilishi);

ishlab 
chiqarishni 
xalqaro 
ixtisoslashuvi 
va 
kooperatsiyalashuvining 
chuqurlashuvi;

jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o‗sib borishi (AQSH Transmilliy 
korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH 
tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining 
chuqurlashib borishi;

xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.
2) siyosiy omillar: 

kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIH), 
offshor hududlari va boshq.);

rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;


67 

iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, 
xususiy sektorni qo‗llab-quvvatlash);

bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshq.
3) huquqiy omillar: 
• xorijiy investitsiya qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyani har 
tomonlama himoya etishga javob beruvchi qonunlarni amal qilishi; 
• xorijiy investitsiyalarni himoya etilishini kafolatlovchi me‘yoriy qonun osti 
hujjatlarini amal qilishi; 
• sherikchilik asosida investitsiya oqimini ta‘minlashni istiqbolli dasturlarini 
mavjudligi. 
Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalar oqimining ob‘ektiv o‗zgarishlarga 
olib keluvchi omillar esa quyidagilardan iborat:
 xalqaro mehnat, kapital, tajriba, texnologiya, moddiy resurslar ta‘minoti va 
taqsimotini vujudga keltiradi;
 moliya operatsiyalarining erkinlashuvini va xalqaro kapital ko‗chish oqimini 
tezlashtirishni ta‘minlaydi;
 millatlararo korporatsiyalarning paydo bo‗lishi asosida xalqaro raqobatning 
kuchayishiga olib keladi.
Bu omillar o‗z navbatida, iqtisodiy integratsiyani kuchaytiradi, globallashuv 
jarayonlariga turtki bo‗ladi, raqobat sohasidagi milliy siyosatni xalqaro darajadagi 
siyosat bilan uyg‗unlashishini talab etadi va bilimlar ko‗lamini kengaytirishga zamin 
yaratadi. O‗zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo‗naltirilayotgan mamlakatlar 
guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
uchun bir qator afzalliklarga ega. O‗zbekiston jahon hamjamiyati oldida o‗zining 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo haritasida geografik joylashishi, tabiiy
resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va 
boshqalar bilan muhim rol uynaydi.
Huquqiy nuqtai nazardan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida 
kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‗liq. Iqtisodiy 
nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati shakllari foyda 


68 
olish maqsadida ko‗pdan-ko‗p qo‗shimcha risklar bilan to‗qnashish ehtimoliga ega 
bo‗ladi. Investitsiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish, mamlakatda olib 
borilayotgan islohotlar strategiyasining juda muhim sharti sifatida belgilangan bo‗lib, 
kuchli investitsiya siyosatini o‗tkazish uchun ushbu ustuvor vazifalarni amalga 
oshirish lozim:
birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida anik 
maqsadni ko‗zlab siyosat o‗tkazish zarur. Bunda tovarlarni eksport va import qilishda 
xorijiy sarmoyadorlar daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli 
tartibni joriy qilish;.
ikkinchidan, xorijiy sarmoyalarni, asosan bevosita kapital mablag‗lar tarzidagi 
sarmoyalarni Respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish;
uchinchidan, O‗zbekistonga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib keladigan 
xalq xo‗jaligining zamonaviy strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan 
xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochik eshiklar siyosatini o‗tkazish;
to‗rtinchidan, mablag‗larni eng ustuvor sohalarga – respublika mustaqilligini 
ta‘minlaydigan agrar sektorni, yoqilg‗i-energetika kompleksini hamda boshqa 
bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga, raqobatga qodir, tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishni o‗zlashtirishga sarflash lozim. Chunki, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan 
qayta qurmay turib, eksport imkoniyatlarini kengaytirish mumkin emas. 
Hukumatimiz tomonidan xorijiy sarmoyalarni qay darajada jalb etilishi oxir-
oqibatda iqtisodiyotimizni kelajagini ko‗p jihatdan aniqlab berishi to‗g‗risidagi g‗oya 
ilgari suriladi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, hozirgi kunda iqtisodiyotimizning 
kelgusi holati ko‗p jixatdan biz bugun xorijiy sarmoyalarni qay darajada ko‗proq jalb 
etishimizga bog‗liq. Bu borada xorijiy sarmoyalarni birinchi navbatda yangi 
texnologiyalarni joriy etilishiga va yangi quvvatlarni ishga tushirilishiga qaratilishi 
ko‗zda tutiladi. Xorijiy sarmoyalarga baho berilganda ularni juda qiyinchilik bilan va 
uzoq vaqt mobaynida belgilanishi
34
, o‗zining yo‗nalishini tanlov asosida o‗zgartirishi 
hamda tikilgan sarmoyani ko‗paytirishi zarurligini tan olgan holda, mumkin bo‗lgan 
34
Lorens Dj. Gitman, Maykl D. Djonk. Osnovi investirovaniya. -M.: Delo, 2007, s.10. 


69 
yo‗qotishlar ham bo‗lishini, ammo kapital kapitalni ko‗paytirishi, foydali tarzda 
mablag‗ yig‗ib, undan qo‗shimcha foyda olishi mumkin bo‗lgan maydonni 
qidirishini, kapital shunchaki harakatsiz yotmasligini ta‘kidlash mumkin.
Hozirda har bir jismoniy shaxs tadbirkorlik bilan shug‗ullanishi va shu orqali 
o‗z boyligiga boylik qo‗shishga intilmoqda. Bu esa o‗z navbatida ularni qo‗llab-
quvvatlovchi sarmoyalarni jalb qilish sharoitining yaratilishini talab etadi. Buning 
uchun eng avvalo sarmoyadorniig mamlakatda mavjud siyosiy barqarorlikka, 
davlatda qabul qilingan qonunlar, huquqiy me‘yorlar har bir kapital egasi olishi
mumkin bo‗lgan foyda (daromad)ni kafolatlashi mumkinligiga ishonch hosil qilishiga 
bog‗liq. To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar kiritilayotgan mintaqadagi 
imkoniyatlar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, resurslar narx-navosi, xizmat 
ko‗rsatish infratuzilmasining rivojlanish holati va istiqboli hamda jozibali loyihalarni 
mavjudligi investorlar qiziqishini yanada orttiradi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli 
mulkdorlar o‗rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish 
xususidagi o‗ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) 
munosabatlarini shakllantirish me‘yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining 
barcha sub‘ektlari – xorijiy investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu 
jumladan chet ellik shaxslar bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling