Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 4.3. To„g„ridan-to„g„ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 4.3. To„g„ridan-to„g„ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashdagi roli 
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda TTXIlarning salmog‗i va ulardan 
qanchalik darajada samarali foydalanayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, TTXI mablag‗lari rivojlanayotgan davlatlar uchun juda zarur hisoblanadi.
To„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) kapitalni joylashtirish 
shakli bo‗lib, investorni qimmatli qog‗ozlarga yoki mulkka bo‗lgan bevosita 
huquqidan dalolat beradi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‗yuvchi 
davlat yoki uning xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlari tomonidan investitsiyalarni kapital 
qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi.
To„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning 
shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident 
korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli 
ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun 
korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli ta‘sir ko‗rsatish 
uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi. BMTning Savdo va 
rivojlanish tashkilotining 1999 yildagi Jahon investitsiya hisobotida aytilishicha esa 
TTXI bu bir iqtisodiyotdagi rezident birlikning (xorijiy investor yoki bosh korxona) 
boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga uzoq muddatli aloqa, davomli manfaat va 
nazoratni ko‗zlab kiritgan investitsiyasidir. 
TTXIni investor mamlakat nuqtai nazardan gorizontal, vertikal va 
konglomerativ turlarga ajratish mumkin. Gorizontal TTXI xorijiy mamlakatda o‗z 
mamlakatida ishlab chiqaradigan mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab 
chiqarish uchun yo‗naltirilgan investitsiyalardir. Shu sababli gorizontal TTXI uchun 
mahsulot differensiatsiyasi bozor tuzilmasining muhim elementi sifatida qaraladi. 
Boshqacha aytganda, gorizontal TTXI monopolistik yoki oligopolistik ustunliklardan 


73 
yanada to‗liqroq foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu ayniqsa, monopolistik 
ustunliklardan mahalliy bozorlarda foydalanish monopoliyaga qarshi qonunlarga zid 
kelib qolgan holatlarda ayni muddaodir.
Vertikal TTXI esa chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki 
distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste‘molchilarga yaqinlashish maqsadida 
amalga oshiriladi. Bunda turli mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlari yoki 
omillari bilan qatnashadi. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSH avtomobil ishlab 
chiqaruvchilari Yaponiya avtomobil bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch 
kelganlar. Chunki Yaponiyalik avtomobil dillerlari o‗z ishlab chiqaruvchilari bilan 
yaqin biznes aloqalariga kirishgan va bu xorijiy avtomobillarga nisbatan qarshilikni 
tug‗dirayotgan edi. AQSH avtomobil dillerlari bu to‗siqni yengib o‗tish uchun 
Yaponiyada o‗z mahsulotlarini sotishda o‗z dillerlik tarmoqlarini ochishga 
kirishganlar. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling