Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Konglomerativ TTXI esa o‗z ichiga gorizontal va vertikal TTXI qamrab 
oladi. Resipiyent mamlakat nuqtai nazardan esa TTXIni import o‗rnini bosuvchi, 
eksportni rag‗batlantiruvchi va davlat tashabbusi ostidagi turlarga ajratish mumkin. 
Import o‗rnini bosuvchi TTXI muayyan mamlakatda ushbu mamlakat avval import 
qilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kiritilgan investitsiyalar hisoblanadi va bu 
mazkur mamlakatning o‗sha mahsulot bo‗yicha importini qisqarishiga va investor 
mamlakatning esa eksportini kamayishiga olib keladi. Bu turdagi TTXIni 
rag‗batlantiruvchi asosiy omillar qabul qiluvchi mamlakat bozori hajmining kattaligi, 
transportatsiya harajatlari va savdo to‗siqlarining mavjudligidir. Eksportni 
rag‗batlantiruvchi TTXI esa resipiyent mamlakatning investor mamlakat va TMK 
filiallari joylashgan mamlakatlarga xom ashyo materiallar va oraliq mahsulotlar 
eksportini rag‗batlantiradi. Chunki bu turdagi TTXI maqsadi ishlab chiqarish uchun 
yangi manbalar va omillar izlab topishdir. Davlat tashabbusi ostidagi TTXI turiga 
hukumat to‗lov balansidagi defitsitni yo‗qotish maqsadida xorijiy investorlarga turli 
imtiyozlar taklif qilish jarayonida jalb qilingan investitsiyalar kiradi. 
TTXIni ekspansiyaviy (expansionary “egallovchi”) va himoyaviy 
(defensive) turlarga ajratish mumkin. Chen va Kuning (Chen and Ku 2000) fikriga 


74 
ko‗ra ekspansiyaviy TTXI resipiyent mamlakatda investor firma ustunliklaridan 
foydalanishni ko‗zda tutadi. Bunday turdagi TTXI investor korxonaning ichki va 
tashqi savdosining o‗sishiga yordam beradi. Himoyaviy TTXI esa qabul qiluvchi 
mamlakatda mavjud arzon ishchi kuchidan foydalanib ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirishni maqsad qilib qo‗yadi. Chen (Chen, 1999) empirik tadqiqotlariga ko‗ra 
ekspansiyaviy TTXIga eng ko‗p ta‘sir qiladigan omillar firma hajmi, ilmiy-texnik 
salohiyati, rentabellik va texnologiya kabilar hisoblanadi. Himoyaviy TTXIga esa 
ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bilan bog‗liq motivlar salmoqli ta‘sir 
ko‗rsatadi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling