Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
-jadval O„zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarda soliqlar va boshqa majburiy to„lovlar
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
4.1-jadval
O„zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarda soliqlar va boshqa majburiy to„lovlar bo„yicha imtiyozlarning qo„llanilishi shartlari To„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar hajmi Muddati Hudud 3 mln. yevrodan 10 mln. yevrogacha 7 yil ―Navoiy EIIZ 10 mln. yevrodan 30 mln. yevrogacha 10 yil. Keyingi 5 yil davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i va yagona soliq to‗lovi stavkalari amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida to‗lanadi. 30 mln. yevrodan ortiq qismiga 15 yil. Keyingi 10 yil davomida foyda solig‗i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‗lovi stavkalari amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida to‗lanadi. 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha 3 yil ―Angren‖ MIZ va ―Jizzax‖ MIZ 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha 5 yil 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha 7 yil Bunda yuqoridagi imtiyozlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‗i, mol- mulk solig‗i, yer solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‗lovi, Respublika yo‗l jamg‗armasiga majburiy to‗lovlar va byudjetdan tashqari Umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya 87 qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‗armasiga majburiy ajratmalar kabi soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarga nisbatan tatbiq etiladi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrda qabul qilingan ―Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-2454-sonli qarori va 2005 yil 11 apreldagi PF-3594- sonli Farmoni bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab yuridik shaxslarning foyda solig‗i, mulk solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i, yagona soliq to‗lovi, shuningdek, Respublika yo‗l jamg‗armasiga majburiy ajratmalar to‗lash bo‗yicha berilgan imtiyozlar tabaqalashtirilgan tarzda xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etilishi va 2020 yilning 1 yanvarigacha xorijiy investorlarning aksiyadorlik jamiyatlarida ularga tegishli bo‗lgan aksiyalaridan dividend tarzida olayotgan daromadidan soliq to‗lashdan ozod etilishi belgilandi. Yaratilgan qulay investitsion muhit xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar sonining ko‗payishiga muhim omil bo‗layotir. Bu esa istiqbolda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini oshirishni talab etadi. Bunda quyidagilarga e‘tiborni qaratish talab etiladi: – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni jadallashtirish hamda maxsus iqtisodiy hududlarning faoliyatini kengaytirish, ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yishga; – raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‗yicha o‗z zimmasiga majburiyatlar olayotgan ishonchli va mas‘uliyatli xususiy investorlarga e‘tiborni kuchaytirishga; – to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalar jalb etgan holda o‗z faoliyatini yuritayotgan korxonalar ushbu investitsiyalarni asosiy ishlab chiqarishga yo‗naltirsalar foyda solig‗ini kamaytirilgan holda undirishga; – to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb etgan holda va yagona soliq to‗lovchi sub‘ekti sifatida faoliyat ko‗rsatayotgan kichik biznes sube‘ktlariga amaldagi soliq 88 stavkasini ular tomonidan sotilgan tayyor mahsulot hajmining o‗sib borish (progressiv) darajasiga qarab kamaytirib borishga; – investitsiya loyihalari tashabbuschilari uchun mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari bo‗yicha investitsiya imkoniyatlarini tahlil qilishga zarur ma‘lumotlarni (iqtisodiyot tarmoqlaridagi umumiy holat, turli xil mahsulot va xizmatlar bo‗yicha bozor kon‘yukturasi, ishlab chiqaruvchilar, mol yetkazib beruvchilar, narxlar va h.k.lar) berish imkoniga ega yagona ommaviy axborotlar bazasini shakllantirishga. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling