Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 5.3. O„zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 5.3. O„zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan 
davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo„nalishlari 
Mustaqillik yillarida O‗zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy 
sohada ko‗pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu 
respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos 
keladigan ko‗p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‗jaligida tutgan o‗z 
o‗rnini mustahkamlab borishdir. Endilikda O‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosat 
maydonida borgan sari munosib o‗rinni egallab bormoqda. Qo‗yilgan ko‗pgina 
amaliy qadamlar O‗zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli 
yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‗ljallangandir. 
Boshqa davlatlar bilan bo‗ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil 
ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va 
fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining 
turmush 
darajasini 
oshirishga 
yordam 
beradi. 
Xo‗jalik 
aloqalarining 
baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish 
hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‗ynamoqda. Tashqi 
iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi 
samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi. 
Shunga ko‗ra jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e‘tibor bermoqdalar. 
Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‗liga o‗tgan respublikamiz uchun muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‗lgan davrda O‗zbekiston 
Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan 
mahrum edi. Bundan tashqari xo‗jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv 
tizimi sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta-kredit 
munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan edi. Shuning 
uchun ham o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning barchasi O‗zbekistonni jahon 
xo‗jaligi tizimiga teng xuquqli kirishiga va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli 
hamkorligini ta‘minlashga qaratilgan.


102 
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy 
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‗stirishga ko‗maklashsa, 
boshqa 
tomondan, 
O‗zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish 
imkoniyatlarining jahon xo‗jaligiga ko‗shilishi, uning umumjahon iqtisodiy 
imkoniyatlarini kuchaytiradi. 
Integratsiya – O‗zbekiston Respublikasining jahon xo‗jaligi tizimiga kirib 
borshini tezlashtiradi. Shuning uchun ham O‗zbekiston iqtisodiyotida xalqaro 
iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning 
uchun ham O‗zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MDH), MDH va 
Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini 
kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar 
bilan ham mustahkam munosabatlar o‗rnatishi lozim. 
Iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni 
izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, 
transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish 
jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini davom 
ettirilishini talab etadi.
Hozirda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki 
resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirilishi muhim vazifalardan biri bo‗lib 
kelmoqda. Bu mablag‗lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‗z mablag‗larini 
ko‗paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini 
mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish 
hisobidan hosil bo‗ladi. 
Mamlakatimizda 
infratuzilmani 
shakllantirish, 
ishlab 
chiqarishni 
rekonstruksiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga 
oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va 
taraqqiyot jamg‗armasi alohida o‗rin egallashi lozim. Mazkur jamg‗armaning eng 
muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish 
maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etish bo‗lib hisoblanadi. Masalan, 


103 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy 
qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo‗lgan Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida 
ikkita bug‗-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir.
Ushbu 
moliyaviy 
institutning 
moliyaviy 
ko‗magida O‗zbek milliy 
avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta‘minlash tizimlarini barpo 
etish va rekonstruksiya qilish, qishloq xo‗jaligi erlarining meliorativ holatini 
yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo‗yicha yangi majmua 
barpo etish, qishloq xo‗jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni 
tashkil etish kabi ko‗plab loyihalar amalga oshiriladi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling