Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo„nalishlari va


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo„nalishlari va 
hozirgi talablari 
Milliy iqtisodiyotiing jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi bir 
mamlakat boshqa mamlakatlar bilan aloqa qilmasdan, yakka, alohida holda rivojlana 
olmaydi. Shuning uchun mamlakatlar birlashgan holda o‗z iqgisodiyotini yuritadi. 
Mamlakatlar maqsadlari va imkoniyatlari bir-biri bilan kesishsa, ular bir-birlari bilan 
hamkorlik ravshpda ish olib borishadi va bunda ancha qulayliklarga erishiladi. Bunga 
YEIdagi yagona valyutaning kiritilishini misol qilishimiz mumkin. Bir modelning 
ikkinchi modeldan farqini keltirib chiqaruvchi elementlar va bog‗liqliklarga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
- mulk shakllarining nisbatini;


96 
- davlatning roli, davlat sektorining miqyosi, davlatning iqtisodiyotga 
aralashish darajasini;
- davlat harajatlari va ularning YAIMdagi ulushini;
- iktisodiyotning ochiqlik darajasini; 
- iqgisodiyotni moliyalashtirish manbalari va miqyosi, xorijiy kapitalning 
iqgisodiyotdagi ulushini;
- mehnat bozorini;
- tashqi iqgisodiy aloqalarning harakteri, savdo siyosatini;
- milliy iqgisodiyotning jahon iqgisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi va h.k.
Mamlakatlar iqtisodiyogining rivojlanish evolyutsiyasi makroiqgisodiy 
rivojlanishning kuyidagi uch modelini ajratish imkonini berdi: ya‘ni o‗z-o‗zidan 
rivojlanuvchi bozor tizimi bo‗lib, u ilgari erkin raqobat kapitalizmi, deb atalardi. 
Ushbu tizim asoslari A.Smit asarlarida ta‘riflab berilgan bo‗lib, keyinchalik klassik 
liberal yo‗nalish vakillari tomonidan keng rivojlantirildi. Mamlakatlarning o‗zaro 
iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosatining shartnomalari asosida amalga 
oshiriladi. Sub‘ektlar o‗rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi 
asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo‗lgan tovarlarning erkin harakati va xizmat 
ko‗rsatish sohalarda, mamlakatlar o‗rtasidagi kapital harakati va ishchi kuchi 
migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy hamkordagi o‗zaro kelishuvlarda, ilmiy-
texnikaviy va texnologik sohalarda, moliya-kredit sohalarda, tashqi iqtisodiy va 
ijtimoiy, madaniy, shuningdek mudofaa siyosati va boshqa ko‗plab boshqa sohalarda 
o‗z aksini topmoqda. 
Jahon mamlakatlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni ta‘minlashda bir qator 
qulayliklarni vujudga keltirdi, ular birinchidan, xo‗jalik sub‘ektlarini (tovar ishlab 
chiqaruvchilarni) ko‗plab resurslar bilan (mehnat va yangi texnik-texnologik 
materiallar) ta‘minlash bilan bir vaqtda jahon bozorlariga mos, raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy 
integratsion jarayonlarda qatnashuvchi barcha davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi. A‘zo davlatlarni dunyo mamlakatlari 
tomonidan ruy berishi mumkin bo‗lgan turli to‗siq va raqobatdan himoya qildi. 


97 
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda ishtirok etuvchi davlatlar 
o‗rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarni hal etish 
imkoniyatini beradi. Shunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarni borishi 
iqtisodiy rivojlanish va yuksalishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, hududlarni 
rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozorlaridagi ahvolni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam 
ta‘minlangan aholini esa iqtisodiy ta‘minotini yaxshilanishiga imkon tug‗diradi. 
1991 yilning 31 avgustida O‗zbekiston Respublikasi suveren mustaqillikka 
erishishi natijasida respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida 
rivojlanishning yangi davri boshlandi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo 
mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo‗lib, respublikada O‗rta Osiyo 
aholisining 45 foizi yashaydi. O‗zbekiston qo‗shni Qozog‗iston, Qirg‗iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va Afg‗oniston bilan chegaralanib Yevropa va Osiyoning 
bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya aloqalari orqali 
bog‗lanib turuvchi muhim strategik yo‗lak bo‗lib hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‗zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga 
qaramasdan, O‗zbekistonda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda 
xalqimizning fidokorona mehnati evaziga juda katta ijobiy natijalar qo‗lga 
kiritilmoqda, iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy va sifat o‗zgarishlariga, ya‘ni xalqimiz 
turmush farovonligining o‗sishiga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‗z 
o‗rni va mavqeining tobora mustahkamlanib borishi uchun barcha shart-sharoitlar 
yaratib borilmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida umummintaqaviy tartibga solish ob‘ekti 
bo‗lishi kerak bo‗lgan davlatlararo integratsiya dasturlarini barpo etish va amalga 
oshirishning alohida muhim roli va ustuvor ahamiyatini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Shu o‗rinda tashqi iqtisodiy foliyat yuritishda diversifikatsion tamoyillarga ham 
e‘tibor qaratish, mamlakatimizning kelajakdagi istiqbolini va kutilmagan xavflarni 
bartaraf etish, shuningdek bunday xavflar paydo bo‗lgan taqdirda ulardan keladigan 
salbiy ta‘sirlarni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling