98
Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya konsepsiyasi tariqasida foydalaniladi. U
investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi.
Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir
turdagi aktiv qiymatining
pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o‗sishi hisobiga qoplanishini
ta‘minlaydigan tarzda investitsiya
portfeliga turli sinflar, tarmoqlar,
mintaqalar
aktivlarini qo‗shish orqali erishiladi. Ya‘ni, tashqi iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishda
quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e‘tiborni qaratish lozim:
- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko‗proq va mintaqaviy jihatdan
turlicha bo‗lgan mamlakatlar bilan o‗rnatishga;
- eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishiga;
- bir xil turdagi mahsulot yoki xizmatni bir vaqtning o‗zida jahonning turlicha
qit‘alarida joylashgan davlatlarga eksport qilishga;
- iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan import mahsulotlari
ham eksport siyosatida
amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishiga;
-jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli
mamlakatlar tajribasini o‗zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirishga.
Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari integratsiyasi
mintaqadagi kompleks
ustuvor muammolarni hal etib ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
kuchayishining muhim omiliga aylanadi. Iqtisodiy integratsiyaning
xalqaro tajribasi
Markaziy Osiyo hamdo‗stligi doirasidagi integratsiya jarayonlarida foydalanish
imkonini berdi. Bu esa O‗zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvida juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: