19.1. Tijorat banklari foydasining mohiyati
Tijorat banklarining foydasi bu – daromadni xarajat bilan taqqoslash natijasida daromadning ortgan qismi koʻrinishdagi bank faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasidir. Foydaning hajmi olingan daromad va qilingan xarajat miqdoriga bogʻliq.
Foyda hajmi 2 muhim tarkibiy qismga bogʻliq:
Tijorat banklari oʻz xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi uchun anchagina xarajatlar sarflanishini talab qiladi, lekin xarajatlardan tashqari bank faoliyatining natijasi sifatida daromadlar vujudga keladi. Daromad va xarajatni taqqoslash natijasida bankning foyda yoki zarar koʻrinishidagi moliyaviy natijasi yuzaga keladi. Foydalilik tushunchasi bankning xoʻjalik-moliyaviy tijorat bilan bogʻliq barcha sohalarining haqiqiy yakuniy natijasini oʻzida aks ettiradi. Daromadlar hisobiga bankning barcha operatsion xarajatlari qoplanadi, toʻlanadigan dividendlar hajmini aniqlash, oʻz mablagʻlarini oshirish, aktiv va passiv operatsiyalari rivojlanishi uchun bank foydasi shakllantiriladi.
Daromadlarning xarajatlarga qaraganda koʻproq boʻlishi bank foydasi uchun muhimdir. Jahon ekspertlarining fikriga koʻra, bank foydasining oshishida bank yalpi daromadining kamida 70 foizini foizli daromadlar tashkil qilishi kerak. Odatda, foyda soliq toʻlagunga qadar yalpi foyda va sof foydaga boʻlinadi. Bank tomonidan erishilgan yalpi foyda bank asosiy
268
fondlarining oshishiga va yangilanishiga zamin yaratadi, bank balansining moliyaviy barqarorligi va likvidligini taʻminlaydi.
Balansdagi foyda faqatgina bank faoliyatining oraliq davrdagi moliyaviy natijasini koʻrsatadi. Bank sof foydasi bankning barqaror ishlashini taʻminlovchi asosiy element hisoblanadi, yaʻni u barcha xarajatlar qoplangandan keyin qoladigan daromad qoldigʻi, rezervlar shakllanishi va foyda hisobiga soliqlar toʻlanishi mumkin boʻlgan bankning yakuniy moliyaviy koʻrsatkichidir.
Bankning bank operatsiyalaridan oladigan moliyaviy natijasi operatsiya foydasi (zarari) deb ataladi. Bu bank foydasining asosiy manbasi. Nobank faoliyatidan olingan moliyaviy natijalar operatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan foyda deyiladi, operatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan foyda salbiy, yaʻni zararli. Ular bankning operatsion foydasi hisobiga qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |