Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
Qisqacha xulosalar
Har bir tijorat banki faoliyatining asosiy maqsadi bank daromadlarini oshirib xarajatlarni kamaytirgan holda, maksimal foyda olishdir. Yuqori daromad olish oʻz navbatida, banklar olib boradigan operatsiyalarining risk darajasini oshiradi, chunki risk darajasi qancha past boʻlsa, foyda olish ehtimoli ham qisqaradi. Bankning asosiy faoliyati bank operatsiyalarini amalga oshirish va mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatish hisoblanadi. Daromad keltiruvchi boshqa faoliyatlar esa, boshqa daromadlar hisoblanadi. Daromad manbalarini barqaror va nobarqarorga ajratish mumkin. Mijozlarga har xil xizmatlar koʻrsatish daromadning barqaror manbasi hisoblanadi. Nobarqaror esa, moliyaviy bozordagi operatsiyalaridan, shuningdek, bankning qoʻshimcha faoliyatidan keladigan daromadlar hisoblanadi. Odatda, yalpi daromad tarkibida quyidagi daromad guruhlarini ajratishadi: operatsion daromadlar; bankning qoʻshimcha faoliyatidan daromadlar; boshqa daromadlar. Tijorat banklari daromadlari strukturasida katta ulushga ega boʻlgan asosiy faoliyatdan daromadlar, operatsion daromadlar deyiladi. Operatsion daromadlar, oʻz navbatida, foizli va foizsiz daromadlarga boʻlinadi. Bank faoliyati daromadining asosiy qismi foizli daromadlardan keladi. Yaʻni, oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlarni pullik joylashtirishdan olinadigan daromadlar. 265 Nobank xizmatlardan bu daromadlarni komission daromad deyiladi.
«Ishlab topilmagan» hisoblanadi. Ular, odatda, kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bogʻliq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi. Bank xarajatlari tarkibi: foizli xarajatlar, foizsiz xarajatlar, operatsion xarajatlardan iborat. Bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan kreditlar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplash soliqlarni toʻlash kutilayotgan foyda va sarmoyaning oʻsishiga sarflanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling