Budjet schyotlari (Бюджетные счета / Budgetary accounts) – bu budjet kassasini ijro etish operatsiyasini bajarish, toʻlovlarning tushishi va xarajatlarni aks ettirish uchun ochiladigan schyotlar.
Budjetni rejalashtirish (Планирование бюджета / budget planning) –
bu davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qilishdir.
Banknot (банкнота / bill) – bank biletlari, markaziy emissiya banklari tomonidan chiqariladigan pul belgilari. Hozirgi kunda ular qogʻoz pullarning asosiy turi hisoblanadi.
Bank aksiyadori (Акционер банка / A shareholder of the bank) – bank
aksiyalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxs.
Bank akkreditivi (Банковские аккредитивы / Bank letters of credit) –
bankninig mijozlar topshirigʻiga koʻra uning hisobidan topshiriqnomada koʻrsatilgan shartlarda va summa doirasida jismoniy va huquqiy shaxslarga toʻlovlar oʻtkazish majburiyati.
Bank aksepti (Банковский акцепт / bank acceptance) – bankning toʻlov hujjatlarini toʻlashga rozilik bildirishi, ularning toʻlanishini kafolatlash shakli.
Bank depoziti (Банковский депозит / Bank deposit) – xususiy shaxs, korporasiya, davlat tashkiloti nomidan bankga saqlash uchun topshirilgan pul mablagʻlari
Bank binefisiar (Банк бинефициар / beneficiary Bank) – toʻlov
operatsiyasini yakunlovchi bank.
Bank diskonti (Дисконт банка / Discount Bank) – bankining veksellarni
hisobga olish operatsiyalari uchun belgilangan hisob foizi.
Bank inisiator (Иницированний банк / Initiate a bank) – toʻlov
operatsiyasini boshlovchi bank.
Budjet tizimi (бюджетная система / budget system) – turli darajadagi budjetlar va budjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisi, budjetlarni tashkil etish va
279
tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek, budjetlar hamda budjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |