Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet127/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Valyuta (Валюта / Currency) – italyancha soʻzdan olingan boʻlib, «qadrlanmoq, qiymat» degan maʻnoni anglatadi. Baho, qiymat belgisi boʻlib, mamlakatlarning milliy pul birligi hisoblanadi.


Valyuta riski (Валютный риск / Currency risk) – tashqi iqtisodiy faoliyatda turli valyuta operatsiyalar oʻtkazish jarayonida ayirboshlash kurslarining oʻzgarishi natijasida nisbatan zarar koʻrish yoki yuqori foyda olish ehtimoli tushuniladi.


Veksel (вексель / bill) – 1. Bu nemischa «wyechsel» soʻzidan olingan boʻlib, bu veksel beruvchidan yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda koʻrsatilgan muddat kelganda veksel egasiga maʻlum miqdordagi summani toʻlash haqidagi soʻzsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozidir. 2. Qatʻi belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati.


Veksel portfeli (портфель векселей / bill in portfolio) – muayyan davrda bank yoki korxona ixtiyorida jamlangan veksellar majmui.


Garov (залог / dasmause) – 1. Bu-aniq bir majburiyatni, shartni bajarish, qarzni belgilangan vaqtda qaytarishni kafolatlash maqsadida qimmatbaho buyum yoki boylikni qarz beruvchiga qoldirish. 2. Biror narsa yoki hodisa haqida bahslashuvchi ikki tomon oʻrtasidagi shart.


Davlat budjeti (Государственный бюджет /The state budget) – davlatning oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangan daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalangan yillik majmuнi. Davlat budjeti bir yilga tuzilib, uning daromadlar qismida soliqlar, bojxona toʻlovlari hamda boshqa tushumlar, xarajatlar qismida esa davlatning taʻlim, sogʻliqni saqlash, mudofaa xarajatlari va turli xil ijtimoiy toʻlovlar aks etadi.


Davlat qimmatli qogʻozlari (Государственные ценные бумаги


/Government securities) davlat qarz majburiyatlari, obligatsiyalar va shu kabilar

majmuyidan iborat boʻlib, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vaqtinchalik


280
boʻsh boʻlib turgan mablagʻlarini jalb qilish uchun hukumat tomonidan


chiqariladigan qimmatli qogʻozlar.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling