Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini shakllantirish tajribasi


Download 1.01 Mb.
bet114/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini shakllantirish tajribasi

Piter Rouz (1997) ning fikriga koʻra, tijorat banklari tomonidan toʻqnash keladigan risklar orasida foiz riskining xavflilik darajasi yuqori boʻladi, chunki foiz stavkalarining keskin oʻzgarishi banklarning daromadiga hamda bank aktivlari, passivlari va kapitali qiymatiga taʻsir etadi. Foiz riskining oldini olish uchun moliyaviy operatsiyalarni xedjerlash kerak boʻladi. Foiz riskini xedjerlash moliyaviy instrumentlarni sotish yoki sotib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ularni foizli opsionlar, foizli fyucherslar va foizli svoplar orqali himoyalash mumkin:





  • foizli opsion zayomda belgilangan narxda kelishilgan maʻlum bir davrda oʻrnatilgan foiz stavkasida (majburiy boʻlmagan holda) foiz toʻlash yoki olish huquqini beradi;

242

  • foizli fyuchers kelajakda belgilangan muddatda foiz stavkasida kreditlar berish yoki depozitlar olishga majburiyat beradi;




  • foizli svop-toʻlovlarni suzib yuruvchi foiz stavkasidan qatʻi belgilangan foiz

stavkasiga yoki teskarisini qoʻllashga imkon beradi.


Klassik nazariyada Keyns Dj.M. (1899) foiz stavkasi va uning meʻyori haqida foiz meʻyori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun toʻlanadigan baho sifatida aniqlanadi, degan fikrni bildirgan. Amerikalik iqtisodchi I.Fisher (2001) foiz stavkasiga quyidagicha taʻrif beradi: ―Foizning darajasini foiz mukofoti sifatida aniqlasak boʻladi, chunki u pulda aks etgan boʻlib shartnomada kelishilgan davrdan keyin toʻlanishi kerak‖. O.I.Lavrushin (2014) ssuda foizi turli narxdagi qiymatining bahosi, uning maʻlum bir foydalanilgan davrdagi qiymat hisobidan kelib chiqishini bildirgan. Agar ilmiy nuqtayi nazardan qarasak, ssuda uchun belgilangan foiz stavkasi qarz oluvchining daromadini bir qismidan kelib chiqadi. I.Ya. Qulliyev (2010) tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishda bir qator omillar oʻz taʻsirini koʻrsatadi degan fikrda. Tijorat banklarining kredit bahosining meʻyori banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar bahosi, kredit operatsiyalari boʻyicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski boʻyicha ustama hamda bankning marjasi oʻz taʻsirini koʻrsatadi. Bu holatda kreditning bahosini quyidagi formula orqali aniqlagan:


= + + + +

Bunda: R – bank krediti bahosi; Dr – bankning jalb qilingan mablagʻlari bahosi; Do – tijorat banki operatsion xarajatlari; P – kredit riski boʻyicha ustama; S


– bank marjasi; A – bank tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan roʻyxatga olingan ―Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida‖gi nizomga asosan kredit berilgan kundan foizlar 16309- hisobvaraqda hisobga olib boriladi (Nizom, 2004). Shartnomada belgilab berilgan muddatlarda foiz summasi undiriladi. Agar mijoz oʻz vaqtida kreditni qaytarmasa, bu holda foiz stavkasi shartnomaga asosan muddatli kreditga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Muddati oʻtgan foizlarning hisobi 16377- hisobvaraqda hisobga olib boriladi va har bir oʻtgan kuni


243
uchun 0,1% miqdorida mijoz tomonidan jarima toʻlanadi. Bankda aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirishda quyidagi omillar inobatga olinadi:



  • Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi;




  • bozor sharoitlari;




  • pul mablagʻlarini oshirish xarajatlari;




  • proyektning riskli darajasi;




  • qarzdorning moliyaviy darajasi, ishonchlilik darajasi, toʻlovga qobiliyatliligi.

Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq toʻlash kredit narxini yoki bahosini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank boʻyicha yuzaga keladigan oʻrtacha foiz stavkasi va marjani oʻz ichiga oladi. Bank oladigan va toʻlaydigan foiz oʻrtasidagi farq marja deb yuritiladi. Baʻzi adabiyotlarga koʻra foiz marjasi – bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari orasidagi farqdir. Yo.Abdullayev, T.Qoraliyev fikriga koʻra, ―foiz marjasi – bank aktivi keltirgan daromad foizi bilan bank majburiyatlari boʻyicha xarajat foizi oʻrtasidagi tafovutdir‖. Marja – kreditlar va sof toʻlovli majburiyatlar foiz stavkalari oʻrtasidagi farqdir. Xalqaro standartlarga asosan marja 2 foizdan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishi tavsiya qilinadi. Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda foizli marja – bu bank aktivlaridan daromad keltiruvchi foizli daromad va bank majburiyatlari boʻyicha foizli xarajat oʻrtasidagi farq degan xulosa qilish mumkin. Foizli marjani foizlar boʻyicha keladigan sof daromad ham deb atashadi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi:


M = (Df – Rf)/ Ad ∗ %

M – foizli marja;


Df – foizli daromad;


Rf – foizli toʻlovlari boʻyicha xarajatlar;


Ad – foiz koʻrinishida daromad keltiradigan aktivlar. Foiz marjasi-bu bankning foiz boʻyicha koʻrgan daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Marja bank xarajatlarini qoplash uchun, risklarni, inflyatsiyani inobatga olgan holda daromad koʻrish uchun moʻljallangan. Xalqaro amaliyotda


244
tijorat banklarini daromadlarini hisoblashda operatsion marja ham ishlatiladi. Operatsion marja bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari, quyidagi formula orqali hisoblab topiladi:

OpM = Dbokd / Adka * 100%


Dbokd – bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari; Adka – daromad keltiruvchi aktivlar. OpM – operatsion marja.


Tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari tarkibi:





  • sof foizli daromad;




  • valyuta operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad;




  • qimmatli qogʻozlar boʻyicha qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad;




  • lizing operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad;




  • qimmatbaho metallar bilan qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad. Haqiqiy marjani olish uchun bankning jami foizli daromadlari va jami foizli

xarajatlari oʻrtasidagi farqdan yoki maʻlum bir foizli aktiv operatsiyalari oʻrtasidagi farqdan koʻrish mumkin. Masalan, kreditlar boʻyicha foiz undiruvi va kredit resursi uchun foizli xarajatlar farqi. Haqiqiy foizli marja quyidagi formula orqali aniqlanadi:


M = Fk − Fr


M – haqiqiy foizli marja;


FK – kreditlar boʻyicha oylik foiz stavkasi; FR – resurslar boʻyicha oylik foiz stavkasi.


Foizli marjaning hajmiga, kreditlarning tarkibi, tuzilishi va ularning manbalari asosiy faktorlar boʻlib hisoblanadi. Kreditlarni muddatlari boʻyicha joylashtirish, riskdan himoyalash, kredit maqsadlari, kreditning daromadliligini taʻminlaydi. Bu holatda, depozitlarning hajmi, turi va muddatlari muhim oʻrin tutadi. Foizli marjaning oʻzgarishi banklarning aktiv operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarining koʻtarilishi va tushishi bilan bogʻliq boʻlishi, jalb qilingan pullik resurslarning passiv operatsiyalarga taʻsiri va uning kreditlardagi ulushi ham taʻsir etishi mumkin. Jalb qilingan pullik resurslarni muddatlari va kreditlarning


245
muddatlari marjaga taʻsir etadi. Tijorat banklarining hisob kitoblarini samarali olib borilayotganini hisoblash uchun tijorat bankining spredini aniqlash kerak boʻladi. Hamda sof foizli marja, tijorat bankining faoliyatini raqobatbardoshliligini va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Spred quyidagi formula orqali aniqlanadi.

Spred = Fd /Ad – Fx / -Mxt


Bu yerda:


Fd – foizli daromad;


Ad – daromad keltiruvchi aktivlar;


Fx – foizli xarajat;


Mxt – xarajatga tortiluvchi majburiyatlar.


Tijorat banklarining spred koʻrsatkichi orqali banklar omonatchilar va kreditorlar oʻrtasida vositachilik xizmati koʻrsatishi qanchalik toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi hamda banklar oʻrtasidagi raqobatni koʻrsatadi. Banklar oʻrtasida raqobatni kuchayishi, odatda, kreditlar va xarajatga tortiladigan majburiyatlari boʻyicha oʻrtacha foizli daromad hamda xarajatlarning orasidagi farqini qisqarishiga olib keladi. Ushbu holatda boshqa faktorlar taʻsiri yoʻq deb hisoblasak, tijorat banklari daromad topishning boshqa yoʻllarini izlashiga toʻgʻri keladi.


Yana ushbu koʻrsatkichning ahamiyati shundaki, bankning xizmat koʻrsatishdan koʻrgan daromadiga va moliyaviy natijalariga belgilangan foiz stavkalari oʻz taʻsiriga ega. Ushbu koʻrsatkichni bogʻliq banklar yoki bogʻliq boʻlmagan banklar koʻrsatkichi bilan solishtirganda tijorat bankining foiz siyosatini qanchalik samarali ekanligini baholash mumkin.


Hozirgi kunda Oʻzbekiston bank tizimi mustahkam iqtisodiy-huquqiy bazaga ega boʻlishi bilan birga, islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida ham ajralib turibdi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro moliya bozorining qatnashchisiga aylanishi, bank faoliyatini yanada erkinlashtirish, bank xizmatlari bozorida raqobatning oshishi tijorat banklari tomonidan mablagʻlar jalb qilinishi va oʻz oʻrnida kredit operatsiyalarni bajarishda foiz siyosatini ishlab chiqishi va uni toʻgʻri yuritilishi talab etiladi. Shu oʻrinda taʻkidlash lozimki, Markaziy bank


246
tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati inflyatsiya darajasining belgilangan prognoz koʻrsatkichlar doirasida boʻlishini taʻminlash bilan birga, banklarning investitsion faolligiga ijobiy taʻsir koʻrsatmoqda. Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning pulga boʻlgan talabini qondirish va makroiqtisodiy oʻsish surʻatlarini taʻminlash maqsadida hamda inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda qayta moliyalash stavkasi doimo oʻzgartirib borilmoqda.

Tijorat banklari tomonidan kreditlar va depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirishda pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari hisobga olinadi. Pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari esa Markaziy bankning pul-kredit siyosati va boshqa bir qator omillar taʻsirida shakllanadi. Shunday qilib, respublikadagi barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qatʻi pul-kredit siyosati pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va depozitlari boʻyicha foiz stavkalari dinamikasida oʻz aksini topadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling