Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari amaliyotida foydalaniladigan foiz stavkalari, ularning asosiy turlari va boshqarish usullari


Download 1.01 Mb.
bet113/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

17.2. Tijorat banklari amaliyotida foydalaniladigan foiz stavkalari, ularning asosiy turlari va boshqarish usullari

Foiz stavkasi – jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablagʻlarni jalb qilish turlari qancha koʻp boʻlsa, ularni foiz stavkasi turlari ham shuncha koʻp boʻladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom boʻyicha foiz stavkasi toʻlaydi, bu, oʻz navbatida, qoʻyilgan mablagʻ(naqd, mulk va boshqalar) boʻyicha foiz stavkasi deb yuritiladi; bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti boʻyicha foiz stavkasi deyiladi.


Foizlarni hisoblashda tartib boʻyicha diskret (diskret foizlari) usulida, bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Ayrim hollarda


239
har kunlik hisoblash qoʻllanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni tahlil qilish


uchun), mijozlarga maʻqul kelishi uchun ayrim hollarda foizni uzluksiz hisoblash


usuli qoʻllaniladi.


Foiz stavkasini son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz


summasini koʻpayish quroli koʻrinishda, balki kengroq maʻnoda bevosita


mablagʻlarni bir egasidan boshqasiga oqib oʻtish va koʻpayish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini oʻlchash uchun joriy etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlangʻich summasiga yoki avalgi


davolar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davolari (oddiy foiz stavka)ga qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash, hisob stavkalari ham qoʻllaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir-biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.


Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari suzib yuruvchi yoki oʻzgaruvchan stavkalari mavjud. Ba‘zi holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari (pul bozoridagi stavkani vaqtlar boʻyicha oʻzgarishidan, misol uchun


London banki tomonidan oʻrnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qoʻshimcha daromad-marja qoʻshiladi. Shunday qilib, umuman, stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazaning oʻzgarishi hisobiga oʻzgarib turadi.


Shartnomalardagi marjaning hajmi vaqtlar boʻyicha oʻzgarishi orqali koʻrsatilishi mumkin.


Nominal foiz stavkasi deganda eʻlon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa:


r = i + x,


bu yerda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi.


Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – Markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar boʻyicha belgilanadigan rasmiy foiz


240
stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi.

Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Yetakchi banklar birinchi darajali banklar yevrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari boʻyicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, yaʻni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining konʻyunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar boʻyicha oʻrtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan oʻrtacha stavka tushuniladi.


FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar.


Agarda siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha boʻladi? Ikkinchi yil davomida siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng boʻladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib siz 1210 dollarning egasi boʻlasiz.


Murakkab foizlarning tabiati toʻgʻrisida aniq bir tasavvurga ega boʻlish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga boʻlamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism boʻlib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi


Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan boʻlib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan. Toʻlangan foizlarga nisbatan hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat.


FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar.


241
Uch yildan soʻng ushbu summa


FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar. Respublikamiz bank amaliyotida foiz stavkasining qatʻi va suzib yuruvchi


foiz stavkalaridan foydalaniladi. Bu foiz stavkalari banklarning depozit va kredit siyosatiga taʻsir koʻrsatadi. Tijorat banklari kreditor sifatida suzib yuruvchi foiz stavkalarini oʻrnatishdan manfaatdor. Chunki bunda bank foiz stavkalarini tebranishidan oʻzini manfaatini aniqlaydi. Mijozlar esa kredit olishda qatʻi foiz stavkalaridan foydalanishga harakat qiladilar. Qatʻi foiz stavkalarida kredit olish mijozni foiz stavkasini oshib ketishi natijasida ortiqcha xarajat qilish xavfidan ozod etadi. Mijozlar tijorat banklariga depozit qoʻyishlarida aksincha, bank bilan shartnomada kelishgan holda suzib yuruvchi foiz stavkalarini oʻrnatilishidan manfaatdordir. Bu holatda mijozlarning qayta moliyalashtirish stavkasining oʻzgarishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilangan foiz stavkasining oshishi natijasida qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlari paydo boʻladi.


1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling