Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- (05.01.2009 –04.01.2016-yillar) koʻrsatkichlari
- Qisqacha xulosalar
Keltirilgan 16.3. 1-jadvalda, 2009-yildan 2016-yilga qadar Bitcoinlarning emission holatining umumiy qiymati doimiy oʻzgaruvchan ekanligini koʻrishimiz mumkin. Bitcoinlarning emission jarayoni 2009-yildan boshlangan boʻlsa, oʻsha davrda Bitcoinlar emissiyasining umumiy qiymati 4333,33-birlikni tashkil etgan 232
Bitcoin narxining oʻzgarishi va bir birlik Bitcoin emission jarayonini kuzatar ekanmiz uning yana bir koʻrsatkichi bizni tobora qiziqtirib bormoqda. Bitcoinlarning 15 mln.dan ortiq birliklari moliyaviy bozorda qanday ulushga ega, uning kapitalizatsiya darajasi qay darajada, ushbu tahliliy maʻlumotlarni biz yana bir muhim koʻrsatkich sifatida oʻrganishga harakat qildik. 2010-2016-yillarda dunyo moliya bozorida talab va taklif qonunlari asosida Bitcoinlarning elektron birjalarda shakllangan umumiy kapitalizatsiya qiymatini, keltirilgan 16.3.3-jadvalda koʻrishimiz mumkin. 16.3. 2-jadval Bitcoinlarning umumiy bozor kapitalizatsiya darajasi (17.07.2010-01.01.2016 yillar) koʻrsatkichlari
Keltirilgan 16.3.2-jadvalda dunyo mamlakatlari birjalarida Bitcoinlarning umumiy bozor kapitalizatsiya darajasi, 2010-yilning 17-iyul oyidan boshlab 2016-yilning 1-yanvar holatidagi oʻzgarishlar tahlilini keltirdik. Bitcoinlarning umimiy bozor kapitalizatsiya darajasi 2010-yilning 18-iyulida 295941,8 AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2014 yilning boshida uning summasi 9 mlrd. AQSH 233 dollaridan oshganini koʻrishimiz mumkin. 2010-yildan to 2014-yilga qadar, qisqa davr mobaynida Bitcoinlarning bozor kapitalizatsiya qiymatining keskin oʻzgarishini, 31773 koeffitsiyentga oshganlik darajasini sezilarli koʻrsatkich deb taʻkidlab oʻtishimiz zarur. 2016-yil 1-yanvar holatida uningkapitalizatsiya darajasi 6,5 mlrd. AQSH dollaridan oshgani, uning dunyo moliya bozorida oʻz oʻrni borligini anglatmoqda. Taʻkidlab oʻtganimizdek, bugungi kunda bir birlik Bitcoinning narxi oʻrtacha 700-750 AQSH dollari miqdorida boʻlsa ham, mutaxassislarning turli xildagi ijobiy va salbiy fikr va qarashlariga sabab boʻlmoqda. Masalan, baʻzilari kelajakni belgilab beruvchi kashfiyot deyishsa, boshqalari hali yetilmagan oddiy iqtisodiy va moliyaviy konsepsiya deb qarab, Bitcoinni tanqidga olishmoqda. Toʻgʻri hamma narsaning oʻz salbiy tomonlari boʻlgani singari Bitcoin ham kamchiliklardan holi emas. Bulardan biri, balki eng koʻzga koʻringani uning taminlanmaganligidadir. Bitcoin bir oʻzi hech qanday qiymatga ega emas, uning qiymati va barqarorligini taminlash va nobarqaroligining oldini olishning yagona yoʻli bu uni ommalashtirishda deb oʻylaymiz. Agar ishonchlilik va taʻminlanganlik sifatlarini olgan holda Bitcoinga turli savdo saytlari toʻlovlarni qabul qila boshlasalar, Bitcoin oʻz oʻrnida ularning tovarlari bilan taʻminlanib boradi. Bitcoinning qanchalik koʻp muomalada boʻlishi, uning qadrli boʻlishi va dunyo moliya bozorida oʻz oʻrnini mustahkam egallab turishi elektron birjalarda shakllangan talab va taklifdan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Xulosa oʻrnida shuni taʻkidlash kerakki, tez rivojlanib borayotgan texnologiyalar davrida bitta gʻoyaning uzoq qolishiga ishonish qiyin. Hech narsa mukammal boʻlmaganidek, Bitcoinlar kamchilik va yutuqlarga ega. Maqsad uning yutuqlaridan foydalangan holda, kelajakda asrlar davomida rivojlanib kelayotgan pulni mazmun va mohiyatini yana bir pogʻona yuqoriga koʻtarishdan iboratdir. 234
Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir. Moliya bozorining quyidagi segmentlari mavjuddir: ssuda kapitallari bozori; valyuta bozori; qimmatli qogʻozlar bozori; sugʻurta bozori; lizing bozori. Ssuda kapitallari bozorida kredit resurslari oldi-sotdi qilinadi. Ssuda kapitallari bozorining oʻzi 2 ta segmentga ega: qisqa muddatli pul bozori; kapital bozori. Valyuta bozorida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadi. Qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi qilinadi. Sugʻurta bozorida sugʻurta xizmatlari taklif etiladi. Lizing bozorida lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan lizing xizmati taklif etiladi. Moliya bozori instrumentlarini boqsharishda quyidagi usullardan foydalaniladi: orttirish va diskontlash; pullarning kelajakdagi bahosini aniqlash; daromadlilikning joriy va toʻliq normasini taʻminlash. Elektron pul bozori – bu nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan elektron pullar vositasida toʻlovlarni amalga oshirish uchun takshil etilgan maxsus markazdir. Elektron pullarning keng tarqalib borayotgan turi boʻlib, raqamli pullar hisoblanadi. Oxirgi yilarda moliya bozorlarida yuqori tendensiyalarda rivojlanib borayotgan chakana elektron toʻlov tizimi vositalaridan biri ―virtual kartalar‖dir. Elektron choʻntakni toʻldirish va ulardan pul yechish quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin: tijorat banklarida naqd pul bilan; bank kartalari (VISA, Master Kard, Uz Kart, Humo kart) yordamida; pochta orqali; Internet-banking yordamida; pul oʻtqazmalar tizimlari yordamida; mobil aloqa yordamida. Elektron pullar obyekti sifatida ―Bitcoin‖ virtual pullar hisoblanadi. Bitcoinning eng katta farqlari shundaki: uning markazlashmaganligi, toʻlovlarning anonimligi (yashirinligi), Bitcoin birligi emissiyasini chegaralanganligi (21 mln.dan ortiq Bitcoinni emissiya qilish mumkin emas), hech qanday tashkilot yoki davlat tomonidan boshqarilmasligi va b. Uning bu sifatlari birlashib uni rivojlangan internet kriptovalyutalari orasida ajralib turishiga yordam beradi. Bitcoin ham kamchiliklardan holi emas. Bulardan biri, uning 235 taminlanmaganligidadir. Bitcoin bir oʻzi hech qanday qiymatga ega emas, uning qiymati va barqarorligini taminlash va nobarqaroligini oldini olishning yagona yoʻli bu uni ommalashtirishda. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling