Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet108/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Konvertirlanadigan obligatsiyalar 80-yillarda keng tarqaldi. Bu turdagi obligatsiyalar kamroq foyda keltiradi. Bu obligatsiyalarning ijobiy tomoni shundaki, agarda zayom chiqaruvchi kompaniya aksiyalariga toʻlanadigan dividend obligatsiya foizidan katta boʻlsa, konvertirlanadigan obligatsiyalarni aksiyaga almashtirib olishga imkon beradi.



  1. asrning 80-yillarida yevroobligatsiya bozorida paydo boʻlgan yana bir yangilik auksionli obligatsiyalar joylashuvini taʻminlash, yaʻni investorga har xil shartnoma variantlaridan oʻziga qulay boʻlgan turini tanlab olish huquqini bergan. Bu usulning mohiyati shundaki, oldindan oʻrnatilgan baho boʻyicha obligatsiya

222
egasiga 1 troya unsiya oltin sotib olish imkonini beruvchi zayom chiqariladi. Agar oltinning bozor bahosi oʻrnatilgan bahodan yuqori boʻlsa, bunday obligatsiyani sotib olish qiziqish uygʻotadi. Boshqa opsionli obligatsiyalar bir qimmatli qogʻozni boshqasiga almashtirish imkonini beradi. Masalan, obligatsiyani – aksiyaga, «suzuvchi» stavkali obligatsiyani qatʻi belgilangan stavkali obligatsiyaga almashtirish imkonini berish va turli xil obligatsiyalarni chiqarish, shubhasiz, investor va kreditorlarni jalb etadi. Mablagʻlarni yevrozayom bozoriga jalb etishda zayom chiqaruvchilar tomonidan turli xil qimmatli qogʻozlarni turli shartlarda chiqarishga yoki obligatsiyalarning kechiktirib sotishi yordam beradi. Sotib oluvchi obligatsiyaning kurs qiymatini dastlab bir qismini toʻlaydi. Maʻlum vaqtdan keyin qolgan qismini toʻlaydi.





Elektron pul bozori – bu nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan elektron pullar vositasida toʻlovlarni amalga oshirish uchun takshil etilgan maxsus markazdir. Elektron pullarning keng tarqalib borayotgan turi boʻlib, raqamli pullar hisoblanadi. Raqamli pullar – bu tovar va xizmatlar uchun toʻlov vositasi boʻlib, raqamli maʻlumotni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatuvchi nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan vosita hisoblanadi. Raqamli pullar ham moddiy koʻrinishga ega boʻlgan pullarniki kabi unikal raqam ketma-ketligiga ega boʻladi. Agar elektron tashuvchida joylashgan pullar egasi xaqida maʻlumot olish imkoniyati boʻlsa, raqamli pullarda anonimlik mavjud, yaʻni pul egasi haqida maʻlumot olish imkoniyati yoʻq va ular koʻp marotaba ishlatilishi mumkin. Demak, bu tizimda ichki (raqamli) valyuta mavjud boʻlib, uni maʻlum toʻlov tizimi ishtirokchilarida naqdlashtirish mumkin. Raqamli pullarning joriy qilinishi elektron savdoni yanada rivojlanishiga sabab boʻldi.

Oxirgi yilarda moliya bozorlarida yuqori tendetsiyalarda rivojlanib borayotgan chakana elektron toʻlov tizimi vositalaridan biri ―virtual kartalar‖dir.


223
Virtual karta – bu maxsus bank kartasi boʻlib, u Internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan vositadir. U moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan vosita, ushbu kartochkaga internet orqali savdo qilish uchun zarur boʻlgan foydalanuvchi maʻlumotlari kiritilgan boʻladi.


Odatda, virtual kartalar rekvizitlari quyidagicha:





  • Karta raqami (PIN)







  • Xavfsizlik kodi: SVV2/SVS2




  • Karta egasining ismi – virtual kartalarda koʻrsatilmagan ham boʻlishi

mumkin.

Virtual kartalar oʻz kelib chiqishiga koʻra, maxsus yoʻnalishga ega boʻlgan, onlayn instrumentdir. Ushbu kartalarning boshqa kartochkalardan ahamiyatli tomoni shundaki, bu kartochkalar orqali xorij internet-magazinlarida savdo qilish imkoniyati kengroq va eng asosiysi ―virtual kartochka‖ bu bank hisob raqami va fizik kartasi boʻlmagan qatnashchilar uchun qulay vositadir.

Virtual kartalarning oʻziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon boʻladi:





  1. Universallik. Bank plastik kartochkalari, shu jumladan, virtual kartochkalari butun dunyoda internet magazin orqali xarid amalga oshirishda qulay toʻlov vositasidir. U nobank toʻlov tizimidan farq qiladi (raqamli pullar). Ushbu tizimdan foydalanish uchun kartaga pul mablagʻlari oʻtkazilishi kerak.




  1. Kartochkani olish qulayligi. Virtual kartalarni bankka tashrif buyurmasdan Internet yoki mobil aloqa orqali olish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Fizik koʻrinishga ega boʻlmagan kartochkani kechiktirilmagan holda murojaatni oʻzida toʻxtatish mumkin.




  1. Xavfsizlik. Virtual kartalardan foydalanish jarayonida Internet orqali oʻgʻirlik va maʻlumotlarini olish riskining kamligi, chunki virtual kartalar koʻpincha bir marttalik toʻlov amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan summaga ochiladi.




  1. Anonimlik. Virtual kartalar debetli yoki oldindan toʻlangan boʻlishi mumkin. Oldindan toʻlangan kartalar bank hisob rakami ochish uchun bankka murojaat

224
qilishni talab etmaydi. Shu sababli, virtual kartalar egasining ismi sharifi kartaning asosiy rekviziti hisoblanmaydi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling