Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet132/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Limit (предел / limit) – Chegara, cheklash.


Litsenziya (лицензия / License) – davlat tomonidan berilgan ruxsatnoma.
284
Likvidlilik (ликвидность / liquidity) – 1. Bu qimmatli qogʻozning egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilishi, pul mablagʻlariga aylanish qudratidir; 2. Korxonalar, firmalar, banklar aktivlarining moliya-kredit majburiyatini va qonuniy pul talabnomalarini oʻz muddatida uzluksiz toʻlashga imkon beruvchi harakatchanligi.


Lizing (Лизинг / Leasing) – mashina, asbob-uskunalar, transport vositalarini, ishlab chiqarish binolarini, inshootlarini uzoq muddatli ijaraga berish. U ijaraning bir turi boʻlib muayyan davrdan keyin, ijara toʻlovlarining hammasi amalga oshirilgandan keyin ijaraga olingan narsa ijarachi mulkiga aylanadi.


Lizing obyekti (Объект / object) – tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanadigan, isteʻmol qilinmaydigan har qanday ashyolar. Shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin.


Markaziy bank mijozlari (Клиенты Центрального банка / The central bankʻs clients) – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulotdda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, shuningdek, Markaziy bankka qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.


Muddatli kreditlar (Срочные кредиты / term loans) – amal qilish muddati oʻtmagan ssudalardir.


Overdraft (овердрафт / overdraft) – 1. Chek boʻyicha olingan joriy hisobraqamdagi qoldiqdan ortiqcha summa; 2. Bankdagi kreditning oshib ketishi;



  1. Bank mijozning hisobraqamidagi qoldiqdan ortiq mablagʻni hisobdan chiqarish yoʻli bilan beriladigan qisqa muddatli kredit.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling