Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet4/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Birinchidan, 1950–1960-yillarda iqtisodiyotda va xalqaro moliya bozorlarida arzon moliyaviy resurslarning yetarli darajada mavjudligi banklar uchun resurslarni izlab topish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha muammolar tugʻdirmagan.
6
Ikkinchidan, mavjud iqtisodiy sharoit tijorat banklariga mijozlar va aholining boʻsh pul mablagʻlarini muddatli depozitlarga past foizlar asosida jalb qilish imkoniyatini bergan. Banklar ushbu yoʻl bilan jalb qilgan arzon mablagʻlar hisobidan yetarli darajada daromadlarni shakllantirganlar, oʻz navbatida, ularda resurslarni boshqarish ehtiyojini keltirib chiqarmagan, chunki muddatli depozitga jalb qilingan mablagʻlar tijorat banklariga barqaror kredit resurslari bazasini yaratish va barqaror foyda olish uchun xizmat qilgan.


Uchinchidan, tijorat banklar hukumat va Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ishonchli va yuqori foizli qimmatli qogʻozlarga ega boʻlishi ularning qoʻshimcha moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojlarini zudlik bilan qondirish imkoniyatini bergan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy oʻsishga erishishda banklarning resurslarini samarali boshqarish muhim oʻrin tutadi. Tijorat banklarni moliyaviy barqaror resurslar bilan taʻminlash muammosi bank resurslarini boshqarish zaruriyatini keltirib chiqargan asosiy omillardan biri hisoblanadi.


―Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani boʻyicha yaratilgan ushbu oʻquv qoʻllanmada tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning ilmiy-nazariy va metodologik jihatlari oʻz aksini topgan. Fanning metodologiyasi oʻquv qoʻllanmaning kelgusi boblarida yondashuvlar, prinsiplar, yoʻnalishlar tushunchalar orqali batafsil oʻz aksini topgan. Unda tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning amaliy jihatlarini yoritishga alohida eʻtibor qaratilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ―Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʻminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli


7
investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi vazifalar qoʻyilgan.

―Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ikki yoʻnalishdan iborat, moliyaviy resurslarni jalb etish va ularni samarali joylashtirish. Ushbu resurlarni joylashtirishda uchta mezon inobatga olinadi; 1- foyda, 2- likvidlilik, 3-risk.


Shuningdek, oʻquv qoʻllanma mazkur fanning tijorat banklari faoliyatini boshqarishni tashkil qilishning umumiy asoslari, tijorat banklarning moliyaviy resurslari va ularni tashkil qilishning umumiy jihatlari, tijorat banklarning kapitalini boshqarish, bank majburiyatlarini boshqarish, tijorat banklarning kredit portfelini boshqarish, tijorat banklarning resurslari bilan bogʻliq risklar va ularni boshqarish, tijorat banklarni moliyaviy resurslarini strategik boshqarish, tijorat banklarning resurslari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari kabi masalalarini oʻzida qamrab olgan.




1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling