1-BOB: "TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH FANINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI"
1.1. “Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish” fanining predmeti, tarkibi va yoʻnalishi
1.1. “Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish”
fanining predmeti, tarkibi va yoʻnalishi
Bozor iqtisodiyoti qonun qoidalaridan kelib chiqib, barcha sohalar kabi bank-moliya tizimiga ham bozor munosbatlari nuqtay nazardan yondashish talab qilinadi. Zero, bugungi kunda bank-moliya tizimida bunday yondoshuvda baʻzi boʻshliqlar borligi, yaʻni bozor tomoyillariga mos kelmaslik holatlari mavjudligi koʻrinib qolmoqda. Shu bois mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida toʻxtalib:, “...Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda.
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...”2, - degan edi.
―Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish‖ (TBAPB) fanining
predmeti – bu pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish
2 Ш.Мирзияевнинг 2019 йил учун мўлжалланган энг муҳим устувор вазифалар ҳақидаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. Т.2019 й.
5
yoʻllari va usullari toʻgʻrisida bilimlar majmuasi. Bankni foyda darajasi barqarorligini taʻminlash va koʻzda tutilmagan risklarni minimallashtirish maqsadida balansning aktivlari va passivlarini tegishli moddalarini doimo bir-biriga taqqoslab borishi zarur. Ushbu taqqoslash tijorat banklari aktivlari va passivlarini tegishli usullar, mezonlar va meʻyorlarni qoʻllab boshqarish orqali amalga oshiriladi.
TBAPB – bu bankning foyda darajasini pasaytirmasdan likvidlilikni taʻminlashga qaratilgan usullar va tartiblar yigʻindisi boʻlib, bankning moliyaviy barqarorligi va majburiyatlarini bajarishga va uzluksizligini taʻminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy jarayondir. Xalqaro va mahalliy moliya bozorlarida roʻy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar TBAPBning tashkiliy-huquqiy asoslari va usullarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab etmoqda.
Bank faoliyatini boshqarishning usullarini doimiy takomillashtirimasligi oqibatida, nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlar banklari ham iqtisodiy inqirozga yuz tutishi tabiiydir. Buga XX asrning ikkinchi yarmida Osiyo, Lotin Amerikasi, Gʻarbiy Yevropa, Rossiya moliya tizimi hamda, 2008-yil sentabrda AQSh moliya tizimida boʻlib oʻtgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yaqqol misol boʻla oladi.
Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning zamonaviy vositalarini aniqlanishi va bank amaliyotiga tatbiq etilishi ularning faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatini beradi. Ammo keyingi yillarda bu sohada hali yechilishi lozim boʻlgan masalalar talaygina. Buning asosiy sabablari, xalqaro va mahalliy banklar amaliyotida tijorat banklarning resurslarini boshqarish masalasi yetarlicha oʻrganilmaganligidadir. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |