11.2. Bank kapitali yetarliligi va unga nisbatan oʻrnatilgan meʻyorlar
Regulyativ kapitalni yetarlilik koeffitsiyenti tijorat banklarini toʻlovga qobilligini tavsiflovchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, Bazel standartiga koʻra, birinchi darajali kapitalni yetarliligi ham baholanadi va bunda birinchi darajali kapitalni yetarlilik koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Birinchi darajali kapitalni yetarlilik koeffitsiyenti birinchi darajali kapitalni bank aktivlarini riskka tortilgan summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi va uning eng past meʻyoriy darajasi 0,04 yoki 4% qilib belgilangan.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari kapitalini yetarliligini baholash boʻyicha uchta metodika mavjud boʻlib, ularni ichida nisbatan mukammali boʻlib, Bazel qoʻmitasi ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan metodika hisoblanadi.
Tijorat banki kapitalini yetarliligini baholash boʻyicha Xalqaro hisob-kitoblar banki tomonidan ishlab chiqilgan metodikada kapitalni yetarliligi regulyativ kapitalni aktivlarni umumiy summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu koeffitsiyentni eng past normativ darajasi 8% qilib belgilangan.
AQSh Federal zahira tizimi tomonidan ishlab chiqilgan metodika boʻyicha, tijorat banki kapitalini yetarliligi kapitalni depozitlarni umumiy summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu koeffitsiyentni eng past normativ darajasi 10% qilib belgilangan.
132
Oʻzbekiston banklarining I darajali kapitali regulyativ kapitalni 75 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorini uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.
I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qoʻshimcha kapitaldan iborat.
I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalini 60 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Subordinar qarzlar I darajali kapitalni uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz oxirgi 5 yil davomida
yiliga 20% kamayib borishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |