Bazel andozalariga koʻra asosiy kapital elementlari
Ustav kapitalining
|
Muddatsiz nokumulyativ
|
toʻlangan qismi (oddiy
|
imtiyozli aksiyalar
|
aksiyalar qiymati)
|
|
Sof foyda hiso1bidan
Emission daromad shakillantirilgan zaxira summalari
Oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi
11.1.1-rasm. Bazel andozalariga koʻra asosiy kapital elementlari
Bunda asosiy kapital jami sarmoyani kamida 50% ni tashkil etishi kerak. Bazel qoʻmitasi bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻzda tutilmagan risklarni qoplash maqsadida 1997-yildan III darajali kapitalni amaliyotga joriy qilish haqida qaror qabul qildi. Unga koʻra, uchinchi darajali kapital qisqa muddatli (ikki yildan ortiq boʻlmasligi lozim) subordinar qarzlardan iborat boʻlib, birinchi darajali kapitalni 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Amaliyotda Respublikamizda fond bozori toʻligʻicha oʻz quvvatida ishlamayotganligi sababli hozirda 3-darajali kapitalni ajratish uncha katta ahamiyat kasb etmaydi.
126
Hozirgi vaqtda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida tijorat banklari kapitalini tarkibini shakllantirishda va uni yetarlilik darajasini belgilashda xalqaro Bazel qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan andozalardan asos sifatida foydalanilmoqda.
Bazel andozalariga koʻra asosiy kapital elementlari quyidagi rasmda keltirilgan.
Xorijiy bank amaliyotida Oʻzbekiston bank amaliyotidan farqli ravishda banklarda audit tekshiruvi oʻtkazilib, audit xulosasi tasdiqlangunga qadar joriy yilni foydasi asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Audit xulosasidan keyin esa faqat taqsimlanmagan foyda kiritiladi.
Xalqaro Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali tarkibi asosiy elementlari quyidagi chizmada berilgan.
Oʻzbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning yetarliligiga qoʻyilgan talablar Markaziy bankning 1998- yil 2-noyabrda tasdiqlangan 420– sonli «Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida»gi Nizomi asosida tartibga solinadi. Unga koʻra, tijorat banki I darajali kapitali tarkibi quyidagilardan iborat:
toʻliq toʻlangan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar,
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar: - muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas;
- egasining xohishiga koʻra sotib olinishi mumkin emas;
- bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar toʻlanmasligi mumkin;
ular boʻyicha oʻtgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar toʻlanmaydi;
127
Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali
Do'stlaringiz bilan baham: |