Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Oʻzbekiston tijorat banklarida tezkor va strategik
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
10.4. Oʻzbekiston tijorat banklarida tezkor va strategik
rejalashtirishni takomillashtirish Banklarda tezkor va strategik rejalashtirishni takomillashtirish yoʻllari: I. Strategik rejalashtirish jarayonida moliyaviy aktivlarni amortizasiya qilinadigan qiymatini toʻgʻri aniqlash va ularni qadrsizlanishini aniq baholash maqsadida samarali foiz stavkasi usulini rejalashtirish jaryoniga joriy qilish lozim. 121 Samarali foiz stavkasi shunday foiz stavkaki, u moliyaviy instrument boʻyicha kutilayotgan davr mobaynidagi barcha pullik tushumlar va toʻlovlarni hisoblangan summasini ularni dastlab tan olingan sof balans qiymatiga keltirish imkonini beradi (diskontlash yoʻli bilan). Samarali foiz summasini stavkasini hisoblash uchun har bir tegishli hisobot davrida samarali foiz stavkasi aktiv yoki majburiyatning oʻtgan hisobot davrini soʻnggidagi amortizasiyalangan qiymatiga koʻpaytiriladi. Mazkur davr uchun hisoblangan samarali foiz bilan aktivni foizli kuponi oʻrtasidagi farq summasi mazkur davrdagi amortizasiya summasi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlardagi qoidalariga koʻra, barcha moliyaviy majburiyatlar dastlabki tan olingandan soʻng samarali foiz stavkasini qoʻllagan holda amortizasiyalangan qiymat boʻyicha baholanishi kerak. Biroq, mazkur qoidalar quyidagi turdagi moliyaviy majburiyatlarga nisbatan qoʻllanilmaydi: 1.1. Adolatli qiymat boʻyicha baholanadigan moliyaviy majburiyatlar, Chunki mazkur turdagi moliyaviy majburiyatlar shu davrdagi foyda yoki zarar tarkibida hisobga olinadi. 1.2. Moliyaviy aktivni uzatayotganda tan olinishi toʻxtamaydigan holatda yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar. 1.3. Bozor stavkasidan past boʻlgan foiz stavkalarida beriladigan kreditlar berish boʻyicha bitimlar boʻyicha yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar. Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini rejalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida, birinchidan, qimmatli qogʻozlar emitentlarini moliyaviy va mulkiy holatini tahlil qilish tizimini takomillashtirish orqali banklarni korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar hajmini oshirish zarur; ikkinchidan, banklarni Markaziy bankning obligatsiyalariga qilingan investitsiyalari hajmini oshirish orqali ularni joriy likvidlilik darajasini oshirish lozim; uchinchidan, banklarni ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi ortiqcha pul mablagʻlarini iqtisodiyotni turli tarmoqlariga mansub boʻlgan korxonalarni qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish lozim. 122
– tijorat banklarini qimmatli qogʻozlardan oladigan daromadlari miqdori koʻpayadi; – yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar hisobidan tijorat bankini joriy likvidlilik darajasi oshadi; – banklarni qimmatli qogʻozlar portfelini likvidlilik darajasi oshadi. Tijorat banklari daromadlarini tezkor rejalashtirishda asosiy eʻtibor tijorat banklarini kreditlardan olinadigan foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmogʻini barqarorligini taʻminlashga qaratilishi lozim. Birinchidan, kreditlarni brutto aktivlar hajmidagi salmogʻini pasayishiga yoʻl qoʻymaslik zarur; ikkinchidan, kreditlar foiz stavkalarini keskin tebrashini oldini olish lozim; uchinchidan, muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi koʻrsatkichini meʻyoriy darajasini taʻminlash zarur. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling