Bu yerda:
TD – transaksion depozitlar;
JD – jamgʻarma depozitlari;
MD – muddatli depozitlar.
XTTB ekspertlarining tavsiyasiga koʻra, mazkur koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar uning amaldagi darajasi 30 foizdan
116
yuqori boʻlsa, u holda, ushbu tijorat bankining depozit bazasi yetarli emas, deb hisoblanadi.
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi tijorat banklari depozit bazasini yetarliligini aniqlashda hisobga olinmagan. Lekin ayrim iqtisodchi olimlar, jumladan, prof. O.I.Lavrushin27 tijorat banklari depozit bazasini yetarliligini baholashda transaksion depozitlarni barqaror qoldigʻini hisobga olish lozim, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspeksion tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimda tijorat banklari depozit bazasini barqarorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |