Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
rejalashtirishni mohiyati
Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni resurs bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarida strategik rejalashtirishni takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tijorat banklarini likvidliligi va moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni resurs bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni mavjudligi banklarda strategik rejalashtirishni takomillashmaganligidan dalolat beradi. Xususan, respublikamiz tijorat banklarida balanslashmagan likvidlilik muammosini chuqurlashganligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, tijorat banklari depozit bazasini yetarliligi taʻminlanmagan. 2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarini umumiy hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmogʻi 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini yetarli emasligini koʻrsatadi. Chunki, tijorat bankini depozit bazasi yetarli boʻlishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlar hajmidagi salmogʻi 30 foizdan oshmasligi kerak. 111 Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish deganda strategik rejalashtirishda koʻzda tutilgan reja koʻrsatkichlarini bajarilishini taʻminlashga qaratilgan tadbirlar tushuniladi. Tijorat banklarida strategik rejalashtirish deganda bankni quyidagi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha boshqarish strategiyalarini muqobil ssinariylarini ishlab chiqish jarayonlari tushuniladi: – aktivlarni boshqarish; – marketing. Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish bank faoliyatini boqsharish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlarning sabablarini aniqlash va ushbu oʻzgarishlarni salbiy taʻsiriga barham berish choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. AQShlik professor J.Sinkining25 xulosasiga koʻra, tijorat banki faoliyatini har bir yoʻnalishi boʻyicha strategik rejalashtirish ishlab chiqilgan boʻlishi va uning pirovard maqsadi bank aktivlarini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlashga qaratilgan boʻlishi kerak. J.Sinkining ushbu xulosasi hozirgi zamon bank amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, tijorat banklari faoliyatida risklarning chuqurlashib ketayotganligi sababli Bazel qoʻmitasi tijorat banklari faoliyatidagi kredit riski va operatsion riskni baholash va boshqarish boʻyicha talablar va yondashuvlarni 2004-yilda qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldi. Natijada, kredit riskini baholash boʻyicha yangi ―standartlashgan yondashuv‖ deb nomlangan yangi yondashuv va operatsion riskni boshqarish boʻyicha yangi bazaviy indikativ yondashuv ishlab chiqildi. Синки Дж. Финансовий менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансових услуг. Пер. с англ. - М.: Алпина Паблишер, 2017. - 1018 с. 112
– marketing; – aktivlarni boshqarish; – resurslarni boshqarish; – risklarni boshqarish; – bank xodimlarini boshqarish. Tijorat banklari faoliyatini moliyaviy natijalarini rejalashtirishda asosiy eʻtibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar oʻrtasidagi nisbatni oqilona darajasini taʻminlashga qaratilishi lozim. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tijorat banklari moliyaviy koʻrsatkichlarini strategik rejalashtirishda asosan Bazel qoʻmitasini kapitalni yetarlililigi va risk-menejmentga boʻyicha belgilagan mezonlari va meʻyorlaridan foydalaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling