Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Tijorat banklari investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- IPd = (P1 – P0) : P0
9.3. Tijorat banklari investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi
koʻrsatkichlar Tijorat banklarini investitsiya portfelini sifatini baholashda xalqaro bank amaliyotida bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin. Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan investitsiyalarni maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan investitsiyalar summasi, bank birinchi darajali kapitalini 15 foizidan oshib ketmasligi kerak. Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan oldi-sotdi uchun moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni jami summasi bank birinchi darajali kapitalini 25 foizidan oshib ketmasligi kerak. Barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalini 50 foizidan oshib ketmasligi kerak. Bank investitsiya portfelining daromadlilik darajasi. IPd = (P1 – P0) : P0 Bu yerda: IPd – investitsiya portfelining daromadlilik darajasi; 104
P0 – investitsiya portfelining boshlangʻich qiymati. 5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi. Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarni investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak. Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarni investitsiya portfelidagi salmogʻini oʻzgarishi. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan, ularni joriy likvidliligini taʻminlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi. Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi. Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, yaʻni trattalar muomalasini mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi. Mamlakat Markaziy bankida lombard kreditlarining mavjud emasligi uni qayta moliyalash siyosatini samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi va mazkur kreditlarni berilmayotganini sababi Hukumatni qimmatli qogʻozlarini emissiya qilishni toʻxtatilganligidadir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli qogʻozlarini oʻzining lombard kreditlari uchun garov obyekti sifatida tan oladi. 2017-yilning 1-yanvar holatiga, qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni brutto aktivlar hajmidagi salmogʻi TIF Milliy bankida 0,5 foizni, Sanoatqurilishbankda – 0,4%, Ipotekabankda - 0,2 foizni tashkil etdi22. 2019-yil qimmalbaho qogʻozlarni umumiy hajmi 25 trln. tashkil etdi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6% ni tashkil etdi 605 ta aksioner jamiyati mavjud boʻlib ularni 85% davlatga tegishli jamiyatdir. 105 ta aksioner jamiyatdan atigi 5% 22Мазкур банкларнинг ―Банк ахборотномаси‖ газетасида эълон қилинган 2017 йил натижалари бўйича йилилк ҳисоботлари маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланди. 105 aksiya fond bozorida ishtirok etgan. Shuning uchun aholi va investorlar fond bozorida faolligi sust boʻlgan.23 Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Demak, banklarni investitsiya portfeli milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatini pasayish xavfi yuzaga keladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling