9.4. 1-jadval
Tijorat bankini aktiv usulda boshqarilayotgan qimmatli qogʻozlar portfelini
shakli
Qimmatli qogʻozni
|
Haqiqatdagi
|
Bozor portfelidagi
|
Aktiv
|
nomi
|
qimmatli qogʻozlar
|
ulushi
|
pozisiya
|
|
portfelidagi ulushi
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
S1
|
0,30
|
0,45
|
- 0,15
|
|
107
|
|
S2
|
0,20
|
0,25
|
- 0,05
|
S3
|
0,50
|
0,30
|
0,20
|
Jami
|
1,00
|
1,00
|
0,00
|
Mazkur farqning yuzaga kelishini sababi shundaki, aktiv menedjer qimmatli qogʻozlar boʻyicha kutilayotgan risk va daromad toʻgʻrisidagi umumiy prognozga rozi emas.
Resurslarni qimmatli qogʻozlarga joylashtirish
Uzoq muddatli
prognozlash
Qisqa muddatli
prognozlash
Kutilayotgan daromad
Dispersiya
Kovariatsiya
9.4. 1-rasm. Tijorat banki mablagʻlarini qimmatli qogʻozlarga joylashtirish Tijorat banki tomonidan jalb qilingan mablagʻlar va bank kapitalini qimmatli
qogʻozlarga joylashtirishning ikki shakli mavjud (9.4.1-rasm):
Strategik joylashtirish.
Taktik joylashtirish.
Tijorat banklari mablagʻlarini qimmatli qogʻozlarga strategik joylashtirishda kutilayotgan daromadni, dispersiya va kovariasiyani uzoq muddatli prognoz koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Mablagʻlarni qimmatli qogʻozlarga
108
taktik joylashtirishi esa, kutilayotgan daromadni, dispersiya va kovariasiyani qisqa muddatli prognoz koʻrsatkichlariga asoslanadi.
Qisqacha xulosalar
Tijorat banki investor sifatida qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Bank qimmatli qogʻozlarni ikki maqsadda sotib oladi: likvidliligini taʻminlash maqsadida; daromad olish maqsadida.
Tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda moliyaviy innovasiyalarga asosiy eʻtiborni qaratish lozim. Foiz stavkalarining sezilarli darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga boʻlgan talabning oʻzgarishiga bevosita va kuchli taʻsir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi.
Tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplardan biri boʻlib, bank investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish prinsipi hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, ularni joriy likvidliligini taʻminlash imkonini beradi.
Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi.
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud emas. Banklarni investitsiya portfeli milliy valyuta-soʻmda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlardan iborat. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga taʻsirchanligini oshiradi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatini pasayish xavfi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |