Qisqacha xulosalar
Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni resurs bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini oʻrta muddatli istiqbolda rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarida strategik rejalashtirishni takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Tijorat banklarida strategik rejalashtirish deganda bankni quyidagi faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha boshqarish strategiyalarini muqobil ssenariylarini ishlab chiqish jarayonlari tushuniladi: aktivlarni boshqarish; resurslarni boshqarish; risklarni boshqarish; personalni boshqarish; marketing.
Tijorat banki faoliyatini har bir yoʻnalishi boʻyicha strategik rejalashtirish ishlab chiqilgan boʻlishi va uning pirovard maqsadi bank aktivlarini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.
Tijorat banklarini likvidliligi va moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni resurs bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni mavjudligi banklarda strategik rejalashtirishni takomillashmaganligidan dalolat beradi.
123
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish deganda strategik rejalashtirishda koʻzda tutilgan reja koʻrsatkichlarini bajarilishini taʻminlashga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish bank faoliyatini boqsharish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlarning sabablarini aniqlash va ushbu oʻzgarishlarni salbiy taʻsiriga barham berish choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tayanch soʻz va iboralar
Strategik rejalashtirish, banklarni likvidliligi, bankni moliyaviy barqarorligi, depozit bazasini yetarligi, depozit bazasini barqarorligi, mudatli depozitlar, jamgʻarma omonatlari, transaksion depozitlar, ―SAMEL‖ reyting tizimi, samarali foiz stavkasi, aktivning ammortizasiyalangan qiymati.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
Tijorat banklari aktiv va passivlarini tezkor rejalashtirish bosqichlari.
Tijorat banklari aktiv va passivlarini strategik rejalashtirish bosqichlari.
Tijorat banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish prinsiplari.
Banklar aktiv va passivlarini rejalashtirish jarayonlariga ichki muhitning
taʻsiri.
Banklar aktiv va passivlarini rejalashtirish jarayonlariga tashqi muhitning
taʻsiri.
Tijorat banklari aktiv va passivlarini operativ va strategik rejalashtirish
usullari.
Tijorat banklarida tezkor va strategik rejalashtirish samaradorligini
baholash.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |