Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet61/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

koʻrsatkichlarni rejalashtirish

Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi bir qator koʻrsatkichlar mavjud. Bular:





  • kredit qoʻyilmalarini tasniflanishi (standart, substandart, qoniqarsiz, shubhali, umidsiz);




  • muammoli qarzdorliklar (muddati oʻtgan, shundan oraliq muddati oʻtgan, sud jarayonidagi, shartlari oʻzgartirilgan, balansdan tashqari hisobvaraqdagi qarzlar);

  • taqsimlanmagan foyda;




  • bank tomonidan aktivlar boʻyicha yaratilgan maxsus zahiralar;




  • shakllantirilgan majburiy zahiralar jamgʻarmasi;




  • naqd pul tushumi, birinchi darajali ijtimoiy toʻlovlar va ish haqlarni

toʻlanishi;





  • muomalaga chiqarilgan plastik kartalar va oʻrnatilgan terminallar, ular boʻyicha oʻtayotgan toʻlovlar hajmi;




  • Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa iqtisodiy normativlar va boshqa koʻrsatkichlar.

Mazkur koʻrsatkichlar roʻyxatini albatta yana davom ettirish mumkin. Ammo shuni doimo esda tutish lozimki, yuqorida sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar bankning makro darajadagi iqtisodiy salohiyatini koʻrsatib beruvchi koʻrsatkichlar sanaladi.


Xuddi shunday, bank faoliyatini yoʻnalishlarini ichki tarafdan ochib beruvchi, masalan aksiyalarni turlari, kreditlarni xududlarga yoʻnaltirilishi, ularni


foizlari, muddatida qaytarilishi, garovlarni turlari, investitsiya portfelini


118
daromadliligi, qanday turdagi korxonalarga yoʻnaltirilganligi, muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muddatlari, foizlari, depozitlarni qanday valyutada jalb qilinganligi va muddatlari, bank daromadi va xarajatlarini tarkibi, I-darajali kapitalni yetarliligi, leveraj, aktivlar boʻyicha tavakkalchilik darajasini koʻrsatuvchi meʻyorlar, naqd pul tushumlarini mijozlar turlari boʻyicha tarkibi, muomalaga chiqarilgan plastik karta turlari (aholiga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, xoʻjalik subyektlariga), ularga kirim qilinayotgan mablagʻlar, ularni qoldigʻi kabi oʻnlab koʻrsatkichlarni sanab oʻtish mumkin.


Bu kabi koʻrsatkichlar yuqorida taʻkidlanganidek, bank faoliyatini ichki xususiyatlarini yoritib beradi va ulardan asosan tarmoq ichidagi hisobotlarda foydalaniladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi ―Bank tizimini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsion faolligini kuchaytirish choralari toʻgʻrisida‖gi1317-sonli qaroriga koʻra banklarga:



  1. Umumiy kapitalni har yili kamida 20% ga oshirib borish;




  1. Bank ustav kapitalini 50,1 mlrd.soʻmga koʻpaytirish;




  1. Depozit bazasini har yili kamida 20% ga oshirish;




  1. Tadbirkorlarni kreditlash xajmini 1,3 barobarga oshirib borish;

o Investitsiya maqsadlariga yoʻnaltiriladigan kreditlarni yanada oʻstirish vazifalari yuklatilgan.


Undan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrda ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uni barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishni ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida‖gi1438-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2011-2015-yillarda:



  1. Umumiy kapitalni 2,1 barobarga oshirish;




  1. Depozit bazasini 2,5 barobarga oshirish;




  1. Muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonini 1,5 barobarga oshirish;




  1. Investitsiya kreditlari hajmini 2,8 barobarga oshirish;




  1. Tadbirkorlarga kredit ajratish hajmini 2,7 barobarga oshirish;

119


  1. Mikrokreditlar xajmini 2,8 barobarga oshirish belgilandi.

Navbatdagi qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida‖gi 2344 – sonli qarori boʻldi. Ushbu qaror talablari hozirda amal qilmoqda. Demak, unga koʻra:





  • regulyativ kapital yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 10% dan 14,5%ga yetkazish;




  • I-darajali kapitalni yetarliligi meʻyorini bosqichma-bosqich 5% dan 11% ga yetkazish;




  • likvidlilikni qoplash meʻyorini joriy etish va 100% ga yetkazish;




  • sof barqaror moliyalashtirish meʻyorini jorish etish va 100% ga yetkazish;




  • likvidlilik – bu bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar oʻsishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablagʻlari darajasini pasayishini samarali boshqarishni bildiradi.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling