LQMK =YuLA:30 k.JSCh (1)
bu yerda:
YuLA – yuqori likvidli aktivlar;
30 k. JSCh – keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim.
Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffitsiyentini eng past meʻyoriy darajasi quyidagicha belglangan:
2016-yil 1-yanvardan boshlab – 80%
2017-yil 1-yanvardan boshlab - 90%
2018-yildan 1-yanvardan boshlab – 100%.
bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari (10301);
―Standart & Poors‖, ―Fitch Retings‖ va ―Moods‖ xalqaro reyting agentliklarini eng yuqori baholari berilgan, rivojlangan fond birjalari roʻyxatiga kiritilgan, risk darajasi past boʻlgan mamlakatlarning transmilliy kompaniyalarini qimmatli qogʻozlari;
bankni boshqa banklarda ochilgan ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari (10501);
risk darajasi past boʻlgan mamlakatlardagi banklarga aktivlarni joylashtirilib, taʻminot sifatida qoʻyilmagan likvidli aktivlar.
Sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti (SBMMK) quyidagi formula orqali hisoblanadi:
SBMMK = BMMS : BMZS (2)
Bu yerda:
143
BMMS – barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi; BMZS – barqaror moliyalashtirishning zarur summasi.
Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasiga quyidagilar kiradi:
bankning regulyativ kapitali;
qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari summasining 30 foizi;
qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari summasining 30 foizi.
Barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga quyidagilar kiradi:
qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu jumladan, muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari, binolar, mebel, kompyuterlar va avtomashinalar);
qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa aktivlar summasini 30 foizi, muddatsiz likvidli aktivlar bundan mustasno;
balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarni 15 foizi.
Sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy etiladi va uning eng past meʻyoriy darajasi 100% qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |