Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari kapitalini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari


Download 1.01 Mb.
bet75/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

11.4. Tijorat banklari kapitalini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari

va usullari

Bank kapitali tijorat banki faoliyatida vujudga keladigan iqtisodiy tanglik hamda ziddiyatli vaziyatlar sharoitida xavfsiz ―moliyaviy yostiq‖ vazifasini bajarishi bilan birga, bank kutilmaganda moliyaviy qiyinchilik va yoʻqotishlarga duch kelganda unga toʻlovga qobiliyati darajasini saqlab qolish va faoliyatini davom ettirish imkoniyatini beradigan moliyaviy manba hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy bank amaliyotida bank kapitali yetarliligi uning riskka tortilgan aktivlariga nisbatan aniqlanadi. Bank kapitalining hajmi riskka tortilgan aktivlarga nisbatan judayam past boʻlishi uni inqiroz holatiga tushib, turli xizmatlarni


144
koʻrsatish va hisob-kitoblarni amalga oshirolmay qolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi jihatdan bank kapitalining hajmi haddan ziyod ortishi bank leverejini29 boshqarishda turli salbiy holatlarni vujudga kelishi va daromad darajasini pasayishiga olib keladi.


Odatda, tijorat banklari leverej darajasi yuqori boʻlishini, yaʻni bank kapitaliga nisbatan riskka tortilgan aktivlar hajmining oshib ketishiga yoʻl qoʻyadi, biroq nazorat organlari esa moliya bozorlari va bank tizimi barqarorligini oshirish nuqtayi nazaridan leverej darajasini pasaytirishga intiladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar kabi tijorat banklari faoliyati samaradorligi va toʻlov qobiliyati mustahkamligini taʻminlashda ularning kapitali barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.


Barqarorlik – tashqi va ichki taʻsirlarning mavjudligi sharoitida subyektning faoliyat yuritish qobiliyatini saqlab qolishini anglatadi. Turli mulk shaklida xoʻjalik yurituvchi subyektlar barqarorlik holatida oʻz faoliyatini davom ettirishi va majburiyatlarini bajarishi mumkin, aks holda, unga taziyq soladigan moliyaviy inqiroz va moliyaviy salbiy holatlardan chiqolmasligi natijasida faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻladi.


Xalqaro va mahalliy bank amaliyotida tijorat banklari kapitali barqarorligiga alohida eʻtibor qaratishadi. Taʻkidlash joizki, tijorat banklari kapitali barqarorligiga qator omillar taʻsir qiladi. Ushbu omillarni tashqi va ichki omillarga guruhlagan holda oʻrganish maqsadga muvofiq.


Tijorat banklari kapitali barqarorligini taʻminlashning tashqi omillari quyidagilardan iborat.


I. Xalqaro va mahalliy fond bozorlarida qimmatli qogʻozlar bahosi indekslarining oʻzgarishi. Tijorat banklari kapitali ustav fondi asosan ular tomonidan chiqarilgan aksiyalar hisobidan shakllantiriladi. Bank aksiyalari oddiy




29 Халқаро эксперт ва мутахассисларнинг фикрига кўра, левереж жалб қилинган молиявий ресурслар ҳажмини ўз капиталига нисбати сифатида қаралади. Номолиявий корхоналарда леверж 1:1 ва 3:1 паст даражадаги нисбатда бўлиб, бу уларнинг молиявий жиҳатдан барқарорлигини англатади. Банкларда ушбу кўрсаткич, яъни капиталнинг етарлилик даражаси рискка тортилган активларга нисбатан 8% ѐки 12,5:1 юқори даражадаги нисбатда бўлади, бу банк муассасаларининг номолиявий ташкилотларга нисбатан юқори левержга эга эканлигини англатади.
145
va imtiyozli aksiyalardan tashkil topgan boʻlib, bu haqda oldingi paragrafda atroflicha mushohada yuritgan edik. Tijorat banklari aksiyalarining oldi-sotdisiga mamlakatda qimmatli qogʻozlar bozorining holati bevosita taʻsir qiladi. Ayniqsa, ikkilamchi qimmatli qogʻozlarning rivojlanganligi tijorat banklari aksiyalarini oldi-sotdi hajmiga sezilarli taʻsir oʻtkazish orqali ularning asosiy kapitali tarkibidagi emission daromadlarning vujudga kelishiga olib keladi.

Tijorat banklari kapitali tarkibida emission daromadning vujudga kelishi ularning aksiyalari bahosining ortib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, xalqaro fond bozorlarida aksiyalar bahosining tushib ketishi banklar kapitali barqarorligiga toʻgʻridan toʻgʻri salbiy taʻsir qilib, ularni inqiroz holatiga olib kelishi mumkin. Buni dunyoda keyingi 200 yil davomida roʻy bergan 20 dan ortiq jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari, shuningdek AQSHda 2008-yilda yuz bergan jahon moliyaviy inqirozlari ham tasdiqlab turibdi.





  1. Xalqaro toʻlov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar kursining barqarorligi va mustahkamligi. Maʻlumki, oʻtish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarning koʻpchiligida, shuningdek, respublikamizda ham tijorat banklari minimal kapitaliga qoʻyilgan talablar AQSH dollari yoki yevroda oʻrnatiladi. Buning asosiy sababi, ushbu valyutalarning toʻlov qobiliyati boshqa valyutalarga nisbatan mustahkam boʻlib, ularning kursi sezilarli ravishda tebranib turmaydi. Shu bois ham tijorat banklari ustav kapitali minimal darajasiga qoʻyilgan talabning ushbu valyutalarda belgilanishi milliy valyutalar kursining mazkur valyutalarga nisbatan tushib ketgan holatida ham bank taʻsischilarini tegishli miqdordagi moliyaviy mablagʻni jamgʻarish zaruriyatidan ozod etilmaydi yoki boshqacha talqin qiladigan boʻlsak milliy valyutaning inflyatsiyaga uchrashi taʻsischilarga bank ochishda hech qanday yengillik tugʻdirmaydi.

Biroq shuni taʻkidlash joizki, keyingi paytlarda xalqaro moliya tashkilotlarining oʻzaro yaqinlashuvi va ular oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi jahon zahira va toʻlov vositasi vazifasini bajarayotgan valyutalar kursining sezilarli ravishda tebranishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, 2008-yil


iyulda AQSH dollari kursi dunyodagi yetakchi valyutalariga nisbatan juda past


146
darajaga tushib ketdi. Jumladan, AQSH dollari yevroga 35-50 sentga va Britaniya funtiga 20-30 sentga (1981-yil iyunidan buyon eng past daraja) pasaydi, shuningdek, Yangi Zellandiya dollariga 79,41 sentgacha pasaydi (bu 1985-yil mart oyidan buyon eng past daraja), Kanada dollariga nisbatan 96 sentga pasayishi keyingi 30 yil ichidagi eng yuqori pasayish hisoblandi.


Buning asosiy sababi, bizning nazarimizda, jahondagi koʻplab mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati ortib borishi bilan birga, ularning oltin va valyuta zahiralari tarkibida AQSH dollarining salmogʻi ortib borishi bilan izohlanadi. Chunki ushbu mamlakatlar AQSH iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri iqtisodiy taʻsir qilish imkoniyatiga ega boʻlib, ayrim hollarda informasion xurujlar ham salbiy taʻsir qilmoqda.





  1. Markaziy bankning pul-kredit siyosati va iqtisodiy meʻyorlari. Markaziy bank pul-kredit siyosati va iqtisodiy meʻyorlari orqali tijorat banklari kapitali barqarorligiga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Xususan, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini pasaytirishi natijasida tijorat banklari jalb qilingan resurslari hajmini oshirishi mumkin, bu oʻz-oʻzidan ularning kredit berish imkoniyatini oshirish bilan birga tijorat banklari riskka tortilgan aktivlariga nisbatan kapitalini koʻpaytirishni talab etadi.

IV. Milliy iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi. Mamlakatda milliy iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi tijorat banklari kapitali barqarorligiga bevosita ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Shu bilan birga, taʻkidlash joizki, millliy valyuta barqarorligiga milliy iqtisodiyot barqarorligi chambarchas bogʻliqdir. Agar milliy iqtisodiyot barqarorligi va raqobatbardoshligi yuqori boʻlmasa, uning tashqi importga bogʻliqligining ortishiga olib keladi. Bu, oʻz navbatida, milliy valyutaning xarid qobiliyatiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Chunki, mamlakat ehtiyoji


uchun zarur boʻlgan tovarlarning asosiy qismi chetdan keltirilishi xorijiy valyutalarni turli yoʻllar bilan mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi, bu esa xorijiy valyutalarga ichki talab darajasining oshishiga sabab boʻladi.


Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga bogʻliqligining ortib borishi bankdan tashqari aylanmalar hajmining ortishi, milliy valyutaning rasmiy kursi bilan


147
birgalikda ―qora bozor‖ kursining vujudga kelishi kuzatiladi va ular oʻrtasidagi farq sezilarli darajada oʻsib boradi, shuningdek, tovar va xizmatlar bahosining naqd pulda va naqdsiz puldagi baholari oʻrtasida farq paydo boʻladiki, naqd puldagi baholar naqd pulsizga nisbatan arzon boʻladi. Bularning barchasi bevosita va bilvosita tijorat banklari kapitali barqarorligiga taʻsir koʻrsatadi;

V. Mamlakat tashqi siyosati va iqtisodiyotni boshqarishning shaffofligi. Maʻlumki, mamlakat tashqi siyosatining barqarorligi xalqaro moliyaviy aloqalar hamda eksport va import borasidagi munosabatlarning rivojlanishiga bevosita ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bu, oʻz navbatida, mamlakat toʻlov balansi va milliy valyuta kursiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Milliy valyuta kursining xorijiy valyutalar kursiga nisbatan mustahkamlanishi aksiyador, investor, omonatchi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar daromadi barqarorligiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bularning barchasi mamlakat tijorat banklari kapitali barqarorligida oʻzining aksini topadi.


1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling