Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
- 12-BOB: TIJORAT BANKLARI EMISSION OPERATSIYALARINI BOSHQARISH
- 12.3. Tijorat banklarini emission operatsiyalarini boshqarish usullari 12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati
Tayanch soʻz va iboralar
Bank kapitali. regulyativ kapital, 1-darajali (asosiy) kapital, 2-darajali (qoʻshimcha) kapital, bank kapitali yetarliligi, Xalqaro Bazel qoʻmitasi, Bazel 1 kelishuvi, Bazel andozalari va talablari, asosiy kapital elementlari, banklarning kapitallashuv darajasi, qisqa muddatli subordinar qarzlar, nomoliyaviy aktivlar, bank leveraji, fond bozorlari, valyuta kurslarning barqarorligi, markaziy bankning pul-kredit siyosati, milliy valyutaning barqarorligi, mamlakat toʻlov balansi. Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar Bank kapitalini tashkil qiluvchi asosiy elementlar. Bazel andozalari boʻyicha banklarning qoʻshimcha kapitali tarkibidagi asosiy elementlari. Tijorat banklari-I va II darajali kapitallari nimalardan iborat? Bank kapitalini boshqarishning asosiy obyektlari. Bank kapitali yetarliligi va unga nisbatan oʻrnatilgan talablar. Bazel-III talablari nimalardan iborat? Tijorat banklari kapitalini oshirish manbalari. 151
12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati 12.2. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish tartibi 12.3. Tijorat banklarini emission operatsiyalarini boshqarish usullari 12.1. Tijorat banklarining emission faoliyati Xalqaro bank amaliyotida banklarni depozit boʻlmagan resurslari tarkibida yirik manbalardan biri qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamgʻarma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qogʻozlari muhim oʻrin tutadi. Banklarning qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bogʻliq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qoʻshimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish boʻyicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga, qisqa va uzoq muddatli resurslarga boʻlgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qogʻozlari, depozit va jamgʻarma sertifikatlari bilan bogʻliq operatsiyalari kiradi. Aksiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarnig bozor bahosi ortib borishi ularning oldi–sotdisiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Koʻpchilik hollarda tijorat banklari oʻz aksiyalari va sertifikatlarini ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin. Tijorat banklari aksiyalari, obligatsiyalari va sertifikatlarni bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida oʻrnatiladi. Aksiya va 152 sertifikatlarni nominal va bozor bahosi oʻrtasidagi farq ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy boʻlsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarni qimmatli qogʻozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Tijorat banklari aksiya, obligatsiya va sertifikatlarini bahosiga taʻsir qiladigan asosiy omillardan biri ularga toʻlanadigan dividend miqdori va foiz toʻlovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorini yuqoriligi va barqarorligi banklarni qimmatli qogʻozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita taʻsir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklariga resurslarni jalb qilishni maqbul usullaridan biri qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish yoki «repo» operatsiyasi hisoblanadi. Ushbu kelishuvda, bank sotilgan qimmatli qogʻozlarni maʻlum muddatdan soʻng oldindan kelishilgan bahoda qayta sotib olishni oʻz zimmasiga oladi. Bu operatsiyaning afzalligi shundaki, bank oʻzining qisqa muddatli kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirsa, benifisar esa vaqtincha boʻsh mablagʻlarini ishonchli manbaga samarali joylashtirish orqali nisbatan yuqori miqdorda foyda oladi. Odatda, ushbu operatsiyalar boʻyicha mablagʻlar bir kundan bir necha oygacha, asosan, qisqa muddatga beriladi. Shu bilan birga, «repo» operatsiyasi bankka quyidagi qulayliklarni beradi: bankni likvidlilik jihatidan yuqori riskka duchor qilmaydi. Chunki, qimmatli qogʻozlar maʻlum kelishilgan muddatga emissiya qilinadi; bank sotilgan qimmatli qogʻozning qiymati miqdoridagi mablagʻni mijozning hisobvaragʻini, agar uni hisobvaragʻi shu bankda ochilgan boʻlsa, debetlash yoʻli bilan yoki benefisarni boshqa bankdagi hisobavaragʻidan qisqa muddatda olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, agar benefisarning hisobvaraqasi shu bankda ochilgan boʻlsa, u holda, bank Markaziy bankka «repo» summasi miqdoridagi summaga majburiy zahira ajratmasi bazasini kamaytiradi; 153 xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari «repo» operatsiyalari asosida jalb qilingan mablagʻlari hisobidan Markaziy bankka majburiy zahiralar toʻlashdan va depozit operatsiyalardagi kabi mablagʻni sugʻurta qilishdan ozod etilgan. Ushbu holat, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida ham joriy etilgan boʻlib, ularga mazkur operatsiya asosida mablagʻlarni kengroq jalb qilish imkoniyatini beradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling