Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet86/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Asosiy depozitlar







DBE=




x 100%




Depozitlar jami













Mazkur koʻrsatkichning amaldagi darajasi 75 foizdan past boʻlmagan taqdirdagina tijorat bankining depozit bazasi yetarli hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida asosiy depozitlarning salmogʻi kamida 75 foizni tashkil etishi lozim.

―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch turdagi depozitlar – transaksion depozitlar, muddatli depozitlar va jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻini oʻz ichiga oladi.


―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasining yetarliligini baholash usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. Yaʻni, birinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi hisobga olinmoqda. Bu esa, juda muhim, chunki transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻidan foydalanilganda tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan jiddiy xavf yuzaga kelmaydi; ikkinchidan, jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻigina asosiy depozit sifatida eʻtirof etilmoqda. Holbuki, jamgʻarma depozitlarining maʻlum qismi nobarqaror passiv hisoblanadi. Ular transaksion depozitlardan bankni maʻlum muddat oldindan ogohlantirish yoʻli bilan olinishi jihatidan farq qiladi.


Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini baholashda eʻtiborga olinishi lozim boʻlgan jihatlardan biri, fikrimizcha, oʻzida ham transaksion depozit hisobraqamini, ham muddatli depozit hisobraqamini namoyon etayotgan yangi hisobraqamlarining paydo boʻlayotganligi hisoblanadi. Masalan, AQSHdagi ―NAU‖ hisobraqamlari ana shunday yangi turdagi hisobraqami hisoblanadi. Unga


173
bozor stavkalarida foiz toʻlanadi. Shu bilan birga, mazkur hisobraqamlar oʻzida transaksion depozit hisobraqamlariga xos boʻlgan xususiyatni ham ifoda etadi: ularning qoldigʻiga toʻlov hujjatlarini yozishga ruxsat etiladi.


―NAU‖ hisobraqamlarining qoldigʻi barqarorligi jihatidan transaksion depozitlarni barqaror qoldigʻidan qolishmaydi. Shu sababli, ularni qoldigʻini tijorat banki depozit bazasini barqarorligini aniqlashda hisobga olish lozim deb hisoblaymiz.


13.2.1-rasm maʻlumotlaridan koʻrinadiki, 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari miqdori oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Bu esa, banklarning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayi-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling