13.4. Banklar depozitlarini boshqarish usullari
Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
177
Maʻmuriy usullar.
Iqtisodiy usullar.
depozit operatsiyalarni rejalashtirish;
depozit operatsiyalarni amalga oshirish siyosati, qoidalari va meʻyorlarini oʻzida aks ettirgan ichki bank hujjatlarini ishlab chiqish.
Depozit operatsiyalarni boshqarish usullaridan foydalanish samaradorligini taʻminlashning zaruriy shartlaridan biri boʻlib, depozitlar jalb qilish va ularni aktivlarga joylashtirishda risk va daromad darajalarini toʻgʻri baholash imkonini beradigan ishonchli maʻlumotlarning mavjudligi hisoblanadi.
Depozit operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi:
Analitik metodlar depozitlar jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan tendensiyalar va muammolarni aniqlash imkonini beradi. Oʻz navbatida, analitik metodlarga quyidagilar kiradi:
Spetsifik usullar depozit operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan risklarni kamaytirish, bankning resurs bazasini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
Marketing usullari quyidagilardan iborat:
mijozlarni turli toifalari boʻyicha turkumlash;
depozit xizmatlari bozorini monitoring qilish;
depozitlarning barqarorligini taʻminlash.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |