Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln. soʻm. (2017-yil 59.6 trln soʻm, 2018-yil 70.0 trln soʻm, 2019-yil 63,9 trln soʻm)
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
13.2.1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln. soʻm. (2017-yil 59.6 trln soʻm, 2018-yil 70.0 trln soʻm, 2019-yil 63,9 trln soʻm)33
13.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita buturlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qoʻyilgan mablagʻlarga daromad olish mijozlarning qoʻyilma qoʻyishga undovchi muhim omildir. Depozit foiz ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида тайѐрланди. (www.cbu.uz). 174 stavkalari darajasini har bir tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va oʻzining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida koʻrinishlari boʻyicha daromad hajmi qoʻyilma muddati, summasi, hisobvaragʻining amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi, xarakteri va nihoyat, mijozning qoʻyilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bogʻliq. Talab qilingungacha boʻlgan depozitlar boʻyicha hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun, ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlilik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablagʻlar qoldigʻi boʻyicha foizlar umuman toʻlanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun toʻlov mablagʻlarini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablagʻlarni minimallashtirish va ortiqcha summalarni qoʻyilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga undaydi. Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar boʻyicha foizlar deyarli majburiy tartibda oʻrnatiladi, ammo u boʻyicha daromad hamisha muddatli qoʻyilmalarga qaraganda pastroq boʻladi. Muddatli qoʻyilmalar boʻyicha foiz stavkasi hajmini oʻrnatishdagi muhim omil boʻlib, mablagʻlar joylashtirilgan muddat hisoblanadi. Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtayi nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi. Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka oʻtkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy tajribada bu jarayon depozit 175 multiplikatsiyasi (yaʻni mablagʻlarning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda oʻtkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan. Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi boʻlib xizmat qiladi. ―A‖ bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy zahira sifatida Markaziy bankka oʻtkazilgandan keyin tijorat bankining kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit summasi ―B‖ bankning mijozi boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchining hisobvaragʻiga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. ―A‖ bankning krediti ―B‖ bankda depozitni vujudga keltiradi. ―B‖ bank bu depozitdan kredit beradigan boʻlsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 (800-160) birlikka teng boʻladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (yaʻni depozit va kreditlarning toʻliq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan boʻlsak, 1000 birlik shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zahira darajasi 20% boʻlganda barcha banklar boʻyicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng boʻlgan dastlabki kredit miqdori esa 4000 birlikka oʻsishi mumkin. Agar majburiy zahira yoʻq deb taxmin qilinsa, nazariy jihatdan depozit multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy zahira 100% boʻlgan taqdirda depozit multiplikatsiyasi 0 ga teng boʻladi. Depozit (yoki kredit) multiplikatsiyasining maksimal miqdori yoki chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling