Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet83/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Qisqacha xulosalar

Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit boʻlmagan tarkibida yirik manbalardan biri qimmatli qogʻozlar hisoblanadi.


resurslari



Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamgʻarma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qogʻozlari muhim oʻrin tutadi.

Tijorat banklari aksiyalari, obligatsiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida oʻrnatiladi. Aksiya va sertifikatlarni nominal va bozor bahosi oʻrtasidagi farq ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy boʻlsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qogʻozlar orqali resurslari oshirishga ijobiy taʻsir koʻrsatadi.


Tijorat banklari aksiya, obligatsiya va sertifikatlarining bahosiga taʻsir qiladigan asosiy omillardan biri ularga toʻlanadigan dividend miqdori va foiz toʻlovlari hisoblanadi. Aksiya, obligatsiyalar va sertifikatlarga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarni qimmatli qogʻozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita taʻsir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiya, obligatsiyalar va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi.


166

Tayanch soʻz va iboralar

REPO operatsiyasi, emitent, benifisar, naqd va naqdsiz qimmatli qogʻozlar, emissiya (prospekti) risolasi, qimmatli qogʻozlarni ochiq va yopiq joylashtirish, xazina majburiyatlari, veksillar, korporativ obligatsiyalar, qimmatli qogʻozlar hosilalari, opsionlar, fyucherslar, emissiya siyosati, qimmatli qogʻozlar chayqov operatsiyalari, sessiya, sedent, sessionariy, maʻmuriy usullar, iqtisodiy usullar, analitik usullar, spetsifik usullar, marketing usullari.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling