Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet80/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Aksiya - bu boshqa qimmatli qogʻozlardan mutloq farq qilib, aksiya

aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qoʻshganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda dividend olishda, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qogʻozlardir.


156
Obligatsiyalar - esa ularning egasi pul mablagʻlari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qogʻozlarning belgilangan qiymatini ularda koʻrsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz toʻlangan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlardir. Tijorat banklari faqatgina korporativ obligatsiyalarning emissiya faoliyati bilan shugʻillanadi.


Depozit sertifikatlari – bu pul mablagʻlari omonatga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisini belgilangan muddat tugagandan keyin omonat soʻmmasini va unga tegishli foizlarni olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi bank – emitent guvohnoma deyiladi. Depozit sertifikatlarini chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish koidalarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.


Veksel-beruvchining yoxud vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlash yuzasidan qatʻi majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi.


Qimmatli qogozlarning hosilalari – daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor koʻrsatkichlari (indekslari) mazmuniga bogʻliq boʻlgan qimmatli qogozlardir. Qimmatli qogʻozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin. Opsion-shartnoma boʻlib, uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi. Fyuchers shartnoma boʻlib, muayyan qimmatli qogozlar va boshka moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qoʻyilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat soʻzsiz majburiyatini tasdiqlaydi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling