Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet90/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Qisqacha xulosalar

Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan.


XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini aniqlashda hisobga olinmagan.


Hozirgi davrda dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari depozit faoliyatini inspeksion tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda.


―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch turdagi depozitlar – transaksion depozitlar, muddatli depozitlar va jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻini oʻz ichiga oladi.


―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasining yetarliligini baholash usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. Birinchidan, transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi hisobga olinmoqda, ikkinchidan, jamgʻarma depozitlarining barqaror qoldigʻigina asosiy depozit sifatida eʻtirof etilmoqda. Holbuki, jamgʻarma depozitlarining maʻlum qismi nobarqaror passiv hisoblanadi.


Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita boʻlib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qoʻyilgan mablagʻlarga daromad olish mijozlarning qoʻyilma qoʻyishga undovchi muhim omil hisoblanadi.


Muddatli qoʻyilmalar boʻyicha foiz stavkasi hajmini oʻrnatishdagi muhim omil boʻlib, mablagʻlar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.


Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi boʻlib xizmat qiladi.


Depozit operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi: analitik usullar; spetsifik usullar; marketing usullari.


179

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling