Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet98/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

VV –

Reyting

reytingi

AA –

A –

VV –

dan past

siz

Risk darajasi

20%

50%

100%

150%

100%

Bazel-II ning muhim talablaridan biri yetarli darajada zahira ajratmalari bilan taʻminlanmagan bank kreditlarining risk darajasini oshirish talabidir. Ushbu talabning mohiyati shundaki, kreditning qaytarish muddati tugaganiga 90 kun va undan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, yaratilgan zahira ajratmasi miqdori kredit boʻyicha umumiy qarzdorlikning 20 foizidan kam boʻlsa, u holda, mazkur kreditlarning risk darajasi 150 foizni tashkil qiladi. Bu esa, muddati oʻtgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi nisbatan yuqori boʻlgan tijorat banklarining likvidliligiga va kapital bazasining barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi.


Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasini baholashda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi koʻrsatkichlardan keng foydalaniladi:





  1. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari darajasi (KKZQMZAD).



KKZQMZAD= (ZAS / BAOʻS) x 100% (1)

Bu yerda:


ZAS – zahira ajratmalari summasi;


BAOʻS – bank aktivlarining oʻrtacha summasi.


Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 1 foizni tashkil etadi. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari


darajasi koʻrsatkichining meʻyoriy darajadan yuqori boʻlishi tijorat banki tasniflangan kreditlari tarkibining yomonlashganligidan dalolat beradi.


2. Muddati oʻtgan kreditlarning moʻtadil darajasi (MOʻKMD):






Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling