Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOʻKYQMBChD = (MOʻKS / BK) x 100% (3)
- Koʻrsatkichlar A B C
- 1. Baholarning oʻzgarish riski.
- 2. Daromadlilikning oʻzgarishi.
- 3. Bazis riski.
- 4. Opsionlar bilan bogʻliq boʻlgan risklar.
- I. GEP usuli.
203
MOʻKS – muddati oʻtgan kreditlarning oʻrtacha summasi; BK – brutto kreditlar. Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy chegarasi 3,0 foiz qilib belgilangan. Muddati oʻtgan kreditlarning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi (MOʻKYQMBChD):
Ushbu koʻrsatkich 2-formula orqali hisoblanadi va uning yuqori meʻyoriy darajasi 5,0 foizni tashkil etadi. 15.1. 2-jadval “Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan kredit riskini baholashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar
Bazel qoʻmitasining 1997-yilda ishlab chiqilgan ―Foiz stavkalari risklarini boshqarish prinsiplari‖ nomli hujjatida foiz riskini yuzaga keltiruvchi 4 omilning mavjudligi eʻtirof etilgan: 1. Baholarning oʻzgarish riski. Ushbu omil tijorat banklari faoliyatidagi foiz riskini yuzaga keltiruvchi asosiy sabab hisoblanadi. Bunda foiz riski aktivlar va passivlarning muddatlari oʻrtasida nomuvofiqlikning yuzaga kelishi natijasida paydo boʻladi. Masalan, qisqa muddatli depozit hisobidan qatʻi belgilangan stavkadagi uzoq muddatli kredit beriladi. Bunday holatda, bozor stavkalarining oshishi natijasida bankda sof daromad 204
2. Daromadlilikning oʻzgarishi. Aktivlar va passivlar boʻyicha foiz stavkalarining oʻzgarishini davriy oraliqlarda mos kelmasligi natijasida daromadlilik darajasi pasayadi. Masalan, tijorat banki kredit bergandan keyin oʻtgan maʻlum davr mobaynida kreditlarning foiz stavkasi oshadi. Natijada, tijorat bankida kreditlar boʻyicha yoʻqotilgan daromad yuzaga keladi. 3. Bazis riski. Bazis riski turli moliyaviy instrumentlar boʻyicha olingan va toʻlangan foizlarni tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan nomuvofiqliklar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir yil muddatga berilgan kreditning oylik toʻlovi LIBOR stavkasi boʻyicha qayta baholanganda, LIBORning oʻzgarishi bazis riskini yuzaga keltiradi. Xalqaro ssuda kapitallari bozorida xorijiy valyutalardagi kreditlarning bahosi har kuni aniqlanadi va turli omillarning taʻsirida ular tebranib turadi. Bu esa, bazis riskini yuzaga kelishi uchun zamin yaratadi. 4. Opsionlar bilan bogʻliq boʻlgan risklar. Koll va put opsionlar boʻyicha foiz stavkalarining oʻzgarishi, bankning pozitsiyasi muvozanatlashmagan sharoitda zararni yuzaga keltirishi mumkin. Opsionlarning birinchi standarti Yevropa standarti deb ataladi va bu opsionlar oʻz egasiga faqat shartnoma muddati tugagandan soʻng opsiondan foydalanish huquqini beradi. Opsionlarning ikkinchi standarti esa, Amerika standarti deyiladi va mazkur opsionlar oʻz egasiga opsion shartnomasi muddatining istalgan vaqtida opsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta opsionlarining Amerika standartida foiz riski darajasi Yevropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida valutalarni sotib olish maqsadida berilgan opsionlar 92728- ―Opsion bitimi boʻyicha sotib olish‖ hisob raqamining debetida va 96379- ―Opsion boʻyicha sotib olish kontr hisobvaragʻi‖ning kreditida hisobga olinadi. 205 Tijorat banklarining valyuta opsionlaridan oladigan daromadlari 45404-hisob raqamining kreditida, opsionlardan koʻrilgan zararlar esa, 55306-hisob raqamining debetida hisobga olinadi. Hozirgi davrda taraqqiy etgan mamlakatlarning tijorat banklari tomonidan foiz riskini baholashda quyidagi usullardan foydalanilmoqda: Aktivlar va passivlar oʻrtasidagi farqni tahlil qilish usuli (GEP usuli). Dyuratsiya usuli. Imitatsion modellashtirish usuli. Statistik tahlil usullari. I. GEP usuli. GEP usuli aktivlar va passivlar oʻrtasidagi farqni oʻlchashga asoslangan boʻlib, ushbu aktivlar va passivlarning qiymati maʻlum davriy oraliqda oʻzgaradi. Bunda aktivlar va passivlar quyidagicha guruhlanadi: RSA – oʻzgaradigan foiz stavkalariga ega boʻlgan aktivlar; RSL – oʻzgaradigan foiz stavkalariga ega boʻlgan passivlar. Agar RSA > RSL boʻlsa, u holda, GEP ijobiy hisoblanadi. Agar RSA < RSL boʻlsa, u holda, GEP salbiy boʻladi. Agar foiz stavkalari oshsa, ijobiy GEPga ega boʻlgan banklarda foiz marjasi oʻsadi. Chunki, bunday sharoitda oʻzgaradigan foiz stavkasiga ega boʻlgan aktivlar miqdori shunday stavkadagi passivlar miqdoridan yuqori boʻladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling