Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet102/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Reputasiya. Mazkur jarayon shaxsiy muomala, ham shaxsiy, ham ish boʻyicha tajribasidan iborat boʻlishi kerak (kreditor, mahsulot yetishtirib beruvchilar va mijozlarni tekshirish).

210

  1. Imkoniyatlar. Qarz oluvchi oʻzining barcha operatsiyalari boʻyicha (oʻzining butun faoliyati davomida qarz oluvchining olgan pullari) yoki aniq loyiha boʻyicha mablagʻ olish va pul vositalarini boshqarish qobiliyati.




  1. Kapital. Qarz oluvchining kapital bazasi va kredit soʻralgan loyiha uchun oʻzining mablagʻlarini sarflashga doir qatʻiligi. Qarz oluvchi loyiha xavfi masʻuliyatini kredit beruvchi bank bilan birga oʻz zimmasiga olishi, oʻzining hissadorlik kapitalining qabul qilinishi mumkin boʻlgan qismini taqdim etib, oʻziga tegishli boʻlgan majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak.




  1. Shart-sharoitlar. Mahalliy, hududiy va umummilliy iqtisodning joriy ahvoli va tavsifi, shuningdek, qarz oluvchvi xoʻjaligining sohalari.




    1. Garov. Kreditni garov yoki kafillik shaklida ishonchli taʻminlash boshqa tomondan kuchsizliklarni yoʻqqa chiqarib qoʻyadi. Yaxshi bir qoida bor: faqat garov va kafillik asosida hech vaqt kredit bermang.

Har bir kreditor oʻzining kredit risklarini va yoʻqotishlarini imkon qadar pasaytirishga intiladi. Hozirgi kunda kredit risklarini tahlil qilish va ularni kamaytirish boʻyicha turli yondashuvlar mavjud. Banklar kredit risklarini kreditlarning barcha turlari boʻyicha baholashlari lozim. Kreditlarning turkumlanishi banklar tomonidan mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi zarur. Xoʻjalik yurituvchi subyektning aktivlarini tahlil qilishda banklar tomonidan foydalanadigan mezonlar roʻy berish ehtimoli boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash uchun rezervlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga doir qarorlar qabul qilish hamda ijro etish tadbirlari, shuningdek, ularni amalga oshirishga nisbatan yondashuvlar bankning kredit va hisob siyosatini belgilaydigan hujjatlarida qayd etilishi lozim.


Aksiyadorlik tijorat bankining ijroiya organi kredit risklarini boshqarishga doir strategiya va kredit siyosatining muhim qoidalarini tasdiqlash hamda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqish (bir yilda kamida bir marta) uchun masʻul hisoblanadi. Tijorat bankining ijroiya organlari kredit riskining maqbul darajasini va bank oʻz zimmasiga turli kredit risklarini olishi natijasida kutilayotgan


daromadlilik darajasini aks ettirishi lozim. Bank rahbariyati ijroiya organ


211
tomonidan qabul qilingan kredit riskini boshqarishga oid strategiyani amalga oshirish, bunday risklarni nazorat qilish va baholash uchun masʻuldir. Bu alohida kredit boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga ham, butun kredit portfeli boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga ham taalluqlidir. Kredit risklarini tahlil qilar ekan, banklar ham, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ham oʻzlariga bevosita bogʻliq boʻlmagan qator muammolar: mamlakatdagi iqtisodiy ahvol, siyosiy ahvol, meʻyoriy-huquqiy tizim, uning mamlakatning kreditlash sohasidagi real holatga muvofiqligi, inflyatsiya darajasi, bank tizimining rivojlanish darajasi kabilarni hisobga olishlari zarur. Bularning barchasi kredit risklarining yuzaga kelish ehtimoli va ularni baholash usullariga taʻsir koʻrsatadi.


1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling