Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Banklararo kreditlar boʻyicha foiz stavkalari


Download 1.01 Mb.
bet93/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

14.2. Banklararo kreditlar boʻyicha foiz stavkalari

Banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini belgilash ularning asosiy faoliyatida samaradorlikni belgilaydi va natijada ularning moliyaviy asoslarining barqarorligiga, kapital mablagʻlarini toʻplash orqali taʻsir qiladi. Shuning uchun, kredit foiz stavkalarini belgilash banklarning alohida eng muhim qarorlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bank kreditlarining foiz stavkalarini qanday belgilaganligi, moliyaviy tizimda markaziy rol oʻynaganligi sababli, pul kredit siyosatining samaradorligining muhim hal qiluvchi omilidir. Shu sabablarga koʻra, banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini aniqlash xatti-harakatlarini tahlil qilish, bank operatsiyalarini monitoring qilish va pul siyosatini uzatish kanallarini


185
tushunish uchun foydalidir. Koʻpgina mavjud tadqiqotlar banklarning foiz stavkasini belgilashdagi xatti-harakatlari foiz stavkasini oʻtish istiqbolidan oʻrganib chiqiladi va bu kredit foiz stavkalarining, bozor foiz stavkalari oʻzgarishiga taʻsirini tekshiradi. Shuningdek, banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, bozor foiz stavkalari oʻzgarishlariga asta-sekin javob berishga qodir ekanligini eʻtirof etadi, bu esa kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining bogʻliqlik darajasi yuqori ekanligini koʻrsatadi. Qisqa muddatda, bozor foiz stavkalari ortib borayotganiga qaramay, banklar har qanday sabablarga koʻra qarzdorlik budjetini moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishga harakat qilishadi, hatto bunday xatti harakatlar ularning foiz stavkalarini belgilashda ham nomoyon boʻladi.

Bozorni banklararo kreditlar oʻrtacha foizlari stavkalari boʻyicha maʻlumotlar bilan taʻminlashning yoʻllaridan biri banklararo bozorlar pul mablagʻlari milliy koʻrsatkichlarining qabul qilinishi hisoblanadi. Banklararo pul bozori koʻrsatkichlari xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllaniladi. Ularning ichida eng taniqlisi Buyuk Britaniya banklari uyushmalari tomonidan eʻlon qilinadigan LIBOR foiz stavkasidir. Ushbu stavkalar boʻyicha banklar boshqa banklardan pul mablagʻlarini qarzga oladilar. Shunday stavkalar Frankfurt moliya bozorlari ishtirokchilari (FIBOR), Tokio (TIBOR), Gonkong (XIBOR) va boshqalarda ham mavjud. Bundan tashqari, shunga oʻxshash stavkalardan Rossiya va Qozogʻiston moliya bozorlarida ham foydalaniladi.


Moliyaviy koʻrsatkichlardan foydalanishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:





  • banklararo kreditlar oʻrtacha statistik foiz stavkalarini aniqlash boʻyicha marketing tadqqiqotlari oʻziga xos umumlashtiruvchi natijalar hisoblanadi;




  • pul mablagʻlarini joylashtirishning uzoq muddatlari boʻyicha fiksing tavsiya etiladi;




  • xalqaro andozadagi koʻrsatkich hisoblanadi;




  • banklararo pul bozorida keng tarqalgan boʻladi;




  • ularni hisoblash mexanizmi ochiq va hamma uchun tushunarli;




  • hisoblar tizmiga kiruvchi banklar yuqori kredit reytingiga ega.

186
Oʻzbekistonda pul mablagʻlari banklararo bozorida oʻrtacha statistik foiz stavkalarini oʻrnatish tajribasi mavjud emas. Bundan tashqari, banklarning qarz beruvchi banklar haqida kerakli va ishonchli maʻlumotlarga ega boʻlishlari zaruriyati mavjud boʻlib, banklararo shartnomalar xulosalari boʻyicha meʻyorlarni unifikasiya (bir xil) qilish yoʻlga qoʻyilmagan.


Taklif qilinayotgan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Banklar Assosiasiyasi (Uyushmasi) tomonidan hisoblab chiqilishi mumkin va ular kelajakda qisqa muddatli kreditlar foiz stavkalari koʻrsatkichlari (indekslari) vazifasini oʻtaydi. Hisoblangan koʻrsatkichlar tijorat banklariga bepul taqdim etiladi. Indeks hisoblari bazasiga (market-meykerlar) kiruvchi banklar, Assosiasiya (Uyushma)ni markaziy banklar bilan kelishilgan holda ularning banklararo bozordagi mavqyei va faollik darajasi asosida tanlanadi. Ushbu banklar Markaziy bank meʻyorlariga rioya qilishlari va bozor balansini tuzishlari lozim. Banklar har bir ish kunida Assosiasiyaga (Uyushmaga) oʻzlarining kotirovkasini taqdim etadilar va Assosiasiya (Uyushma) banklarning fiksingini milliy valyuta soʻm boʻyicha chop etadi. Bunda banklarni eʻlon qilingan stavkalar boʻyicha pul mablagʻlarini sotishlari yoki sotib olishlari shart emas.


Oʻrtacha statistik foiz stavkalarini hisoblashni unifikasiya (bir xil) qilish uchun pul mablagʻlari banklararo bozori koʻrsatkichlarini shakllantirishni yagona uslubi ishlab chiqilishi zarur (keyingilarda uslub deyiladi). Bankning banklararo bozor milliy koʻrsatkichlarda ishtirok etishi bevosita uning obroʻyiga va moliyaviy holatiga bogʻliq boʻladi. Market-meykerlar dastlab pul mablagʻlari banklararo bozori koʻrsatkichlarini shakllantirish haqida Memorandum imzolashlari lozim. (keyingi oʻrinlarda memorandum deyiladi). Memorandumda har bir bankning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. Ular boshqa banklar va market-meykerlar faoliyati manafaatlariga zid boʻlmasligi yoki bunday holatlardan oʻzlarini tiyishlari zarur. Memorandum meʻyorlarini buzgan ishtirokchilar market-meykerlar roʻyxatidan chiqariladi. Ushbu hujjatlarning mavqyeini oshirish uchun ularni dastlab Markaziy bank va tijorat banklari bilan kelishlgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.


187

  1. asrning 90-yillari boshlarida jahondagi zayomlarning 80%i yevrozayomlar hissasiga toʻgʻri keldi. Yevrozayomlarning asosiy ustunligi shundaki, ular kreditor va qarzdorlar uchun ham valyuta zayomi mavqyeiga ega boʻladi. Zayomlarning bu turlari Buyuk Britaniya, AQSHda tarqalgan. Yana boshqa bir farqi anʻanaviy xorijiy zayomlar biror mamlakat milliy bozorida chiqarilsa, yevrozayomlar esa bir paytda bir necha davlatlarda tarqatiladi. Yevroobligatsiya, odatda, 7 yildan 15 yil muddatga chiqariladi. 80-yillarda 30 va hatto, 40 yil muddatli obligatsiyalar chiqarildi. Asosiy zayom chiqaruvchilar sifatida, davlat, xalqaro tashkilotlar mahalliy hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari faoliyat koʻrsatgan. Yevrozayomlar, odatda, yirik banklar tomonidan chiqarilgan. Bu yirik banklar yevrozayomlarni xalqaro konsorsiumlar va sindikat tashkilotlari sifatida chiqardilar. Konsorsiumlar faoliyatiga banklar, har xil moliya-kredit institutlari: pensiya fondlari, cugʻurta va investitsion kompaniyalarni jalb qildilar. Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki ―doimiy‖, ―suzuvchi‖

foiz stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal qiladi. Bu obligatsiyalarning 60%ini oddiy obligatsiyalar tashkil qiladi va bu boʻyicha obligatsiya emitenti zayom muddati tugaguncha mustahkam (oʻzgarmas) foiz toʻlaydi. ―Suzuvchi‖ stavkali obligatsiyalar stavkasi va daromadi ham bozor foizlari oʻzgarishiga bogʻliq holda tebranib turadi.


Obligatsiyalar boʻyicha suzuvchi foiz stavkalari Libor stavkasida ifodalanadi.


Oʻzgaruvchi stavkali obligatsiyalar farqli ravishda indeksatsiyalangan foizli obligatsiyalar hisoblanadi.


Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi boʻlib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga toʻlov miqdorining erkin oʻzgarishi sharoitida xoʻjalikda oʻrtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga oʻzgarishiga taʻsir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus omillarga boʻlamiz. Umumiy omillarga qarz mablagʻalariga talab va taklifning oʻzgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi.


188
Aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga quyidagilar kiradi:







  • Ssuda kapitalining hajmi;




  • Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.

Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi, bir tomondan, foiz mohiyatini tovar ishlab chiqarish sifatida, boshqa tomondan, foiz siyosatini oshirish maqsadida aniqlaydi.


Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini taʻminlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensatsiyasi aktiv operatsiyalar boʻyicha qoʻyilmalar likvidligiga bogʻliq holda boʻlishi lozim. Milliy iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita taʻsir doirasini kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.


Depozitlar va kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni toʻlash vaqti davri, toʻlash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank oʻrtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar boʻyicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit boʻyicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha boʻlgan depozit varagʻidan grafik boʻyicha undirib olinadi.


Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari oʻrtasidagi kredit resurslariga boʻlgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.


Markaziy bank doimiy ravishda toʻgʻridan toʻgʻri ssuda foiz normasini maʻmuriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini oʻzgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullariga oʻtayapti.


189
Ssudalar boʻyicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib oʻrnatilmoqda, yaʻni ssuda hajmi va uni tugash muddati, taʻminot mavjudligi, mablagʻlarni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat boʻyicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.

Bank passiv operatsiyalari boʻyicha foiz boʻsh pul mablagʻlarini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda.


Foizlarning oʻtkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi.


Hozirgi vaqtda foizlarni toʻlash manbasi kredit qoʻyilmalarining yoʻnalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar boʻyicha toʻlovlar mahsulot tannarhiga qoʻshiladi, uzoq muddatli va muddati oʻtgan kreditlar boʻyicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.


Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar boʻyicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bogʻliqligi hisoblanadi.


Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablagʻlar hajmiga nisbatan ifodalaydi.


Ssuda kapitalining tannarxi, yaʻni bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topgan:





  • Resurslarni shakllantirish boʻyicha xarajatlar;




  • Bank faoliyatini taʻminlovchi xarajatlar.

Birinchi guruh xarajatlarga – jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab qilib olingunga qadar depozitlar)ga toʻlovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, banklararo ssudalar boʻyicha, qimmatli qogʻozlar boʻyicha va boshqalar.


Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank maʻmuriy boshqruv xarajatlari kiradi. Jumladan:



  • qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari;

190

  • blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun xarajatlar;







  • amortizatsiya xarajatlari;




  • bank xodimlariga ish haqi xarajatlari;




  • binolarni saqlash va taʻmirlash xarajatlari.

Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlari orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlib hisoblanadi.


Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari quyidagilarni hisobga oladi:





  • Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu maʻlum davrga taʻminlangan ssudalar boʻyicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun oʻrnatiladi;




  • Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qoʻshish.

Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Bazaviy foiz stavka = S1+ S2+ P; (1)


Bu yerda:


S1 - rejalashtirilayotgan davrda barcha kredit resurslarining oʻrtacha real bahosi;


S2 - bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablagʻlar hajmiga nisbati;


P – bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.

Kredit resurslarining oʻrtacha real bahosi (S1) oʻrtacha tortilgan formula boʻyicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.


191
Oʻz navbatida, alohida bank jalb qilgan resursning oʻrtacha haqiqiy bahosi mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi.

Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlardan kelib chiqib guruhlanadi:





  • qarz oluvchining kreditga layoqatliligi;




  • ssuda boʻyicha taʻminot va uning xarakteri;




  • mijozning bank bilan mustahkam aloqasi;




  • foizlarni hisoblash usullari;




  • qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.

Ma‘lumk,i ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi va jalb qilingan mablagʻlarga toʻlovlar uning xarajatlari tarkibida muhim oʻrin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari orasidagi farq muhim maʻno kasb etadi.


Quyidagicha aniqlanadi:


Dp - Rp * 100 %





Mfakt =




(3)










Bunda:

Ad













Mfakt - foiz marjasining amaldagi hajmi;


Dp - foizli daromadlar;


Rp - foizlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar;


Ad - foiz koʻrinishida daromad keltiruvchi aktivlar.


Foiz marjasining tahlili quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish usuli; foiz marjasi komponentlarini oʻzgarishining tahlili.


Tahlil koʻrsatkichlari daromad (xarajat)larning qaysi kategoriyasi uning umumiy oʻzgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.


192
Kredit qoʻyilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, toʻlovlar muddati qoʻllaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar foiz marjasining hajmiga taʻsir qiluvchi asosiy omillar hisoblanadi.




1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling