Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Bank kapitali yetarliligi boʻyicha Bazel-III talablarini joriy etish muddatlari
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻrsatkich nomi 2013 2014 2015
- LCR= (yuqori sifatli aktivlar)/(30 kun
Bank kapitali yetarliligi boʻyicha Bazel-III talablarini joriy etish muddatlari (Tegishli moliyaviy yilning 1 yanvar holatiga)
11.3.1-jadval
Jadvaldan maʻlum boʻladiki I darajali kapitalga minimal talab amaldagi 4 %dan 2013-yil 1-yanvarga kelib 4,5 foizga, 2019-yil 1-yanvarga kelib esa 6% ga yetadi. Bazaviy I darajali kapital esa (oddiy aksiyalar + taqsimlanmagan foyda)ga nisbatan talab 2013-yildan boshlab 3,5%, 2015-yildan buyon esa 4,5% darajasida belgilanadi. Favqulodda holatlar uchun maxsus zahira kapitali (Capital Conservation Buffer) shakllantirilib, uning meʻyoriy darajasi 2019 yilga kelib 2,5% etib belgilangan. Kontrsiklik zahira kapitali (Countercyclical Capital Buffer) milliy sharoitlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich 2019-yilga kelib bazaviy I darajali kapitalning 2,5 %i miqdorida belgilanadi. Bundan tashqari Bazel-IIIga muvofiq, banklarga kapitalni 15 foizidan oshmaydigan miqdorda konsolidasiyalashmagan moliyaviy muassasalarni oddiy aksiyalariga investitsiyalar qilishga ruxsat beriladi. Investitsiyalarni yuqoridagi 15 foizdan ortiq qismi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kapital tarkibidan 100 foiz 138
1. Joriy likvidlilik qoplash koeffitsiyenti (Liquidity Coverage Ratio (LCR))– 2016-yil 1-yanvardan boshlab LCR= (yuqori sifatli aktivlar)/(30 kun mobaynida sof pul chiqimlari) ≥ 100% 2. Sof barqaror manbalar koeffitsiyenti (The Net Stable Funding Ratio (NSFR))– 2018-yil 1-yanvardan boshlab NSFR= (Mavjud barqaror manbalar)/(talab qilingan barqaror manbalarni foydalanilishi)≥ 100% Yuqoridagi yangi talablar bank tizimida joriy etishda quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin: Oddiy aksiyalar salmogʻini oshirish uchun qoʻshimcha aksiyalarni muomalaga chiqarish va investorlarni jalb etish, aksiyalar taklifini ortishi hisobiga aksiya bahosini pasayishi; Taqsimlanmagan foyda salmogʻini oshirish borasida aksiyadorlar oʻrtasida manfaatlar kelishmovchiligini yuzaga kelishi; ►Iqtisodiy resessiya sharoitida sof foydani oshirish imkoniyatining cheklanishi; Yangi likvidlilik talabini joriy etish hisobiga daromadlilikni pasayishi; Banklarning kreditlash koʻlamini qisqarishi va h.k. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida‖gi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq, tijorat banklarining kapitallashuv darajasi, barqarorligi va likvidliligini oshirish ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilandi. Birgina tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha quyidagi choralar maʻqullandi: -2011-2015-yillar mobaynida tijorat banklarining yalpi kapitalini 139
talqinini tatbiq qilishni koʻzda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish; -har chorakda bank Kengashi yigʻilishlarida bank boshqaruvi raisi va aʻzolari, ichki audit boʻlimi rahbarlarini bank aktivlari, kredit va investitsiya
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Markaziy Bank Boshqaruvining 36/2-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur Nizomga bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasini yangi tavsiyalari asosida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlib, ular bosqichma-bosqich amal qila boshladi. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Bazel qoʻmitasini banklarni kapitaliga nisbatan belgilangan talablarni keskin kuchaytirishga majbur qildi. Natijada Bazel-III deb nomlanuvchi yangi Bitim yuzaga keldi va uning asosiy jihatlari 2010-yilning 12-sentabridan kuchga kirdi. Ushbu yangi Bitim Bazel-II ni bekor qilmaydi, balki uni toʻldiradi. Bazel-III ning asosiy talablari: Qoʻmitaning yangi talablarini bajara olmagan tijorat banklari bonus toʻlovlari va dividendlar miqdorini kamaytirishga majbur boʻladilar. Aksiyadorlik kapitali miqdoriga nisbatan belgilangan talablar oshirildi. Agar mazkur talab bundan oldin aktivlarning riskka tortilgan summasini soliq toʻlangunga qadar boʻlgan miqdorini 2 foizini tashkil etgan boʻlsa, endi ushbu koʻrsatkich mazkur summaning soliq toʻlangandan keyingi miqdorini 4,5 % darajasida belgilandi. Birinchi darajali kapitalning yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab oshirildi. Ushbu talab 2013-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda amaldagi 4 foizdan 6 foizga oshiriladi. Kapitalning himoyaviy «konservasiya «buferi» joriy etiladi. Kapitalning himoyaviy «konservatsiya «buferi» birinchi darajali kapitalni 2,5 foizi hajmida tashkil etiladigan qoʻshimcha zahiradan iboratdir. Shunday qilib, birinchi darajali kapitalga nisbatan belgilangan umumiy talab darajasi 7 foizni tashkil etadi (2,5% + 4,5 %). 5. Kontrsiklik bufer joriy etiladi. Kontrsiklik bufer bank oʻz kapitalini 0 %dan 2,5 foizigacha xajmda tashkil etiladi va kreditlash hajmining keskin oshishiga toʻsqinlik qiladi. 6. Tijorat banklarining oʻz kapitali va jalb etilgan kapitali oʻrtasidagi nisbat. 141
2016 yildan boshlab likvidlilikni qoplash koʻrsatkichi – Liquidity Coverage Ratio (LCR) joriy etiladi. LCR 30 kunlik muddatda kapital chiqimini yuqori likvidli aktivlar zahirasi bilan qoplanishini koʻrsatadi. Banklarda moliyalashtirishning yetarliligini nazorat qilish maqsadida The Net Stable Funding Ratio (NSFR) koʻrsatkichini 2018-yildan boshlab joriy etish koʻzda tutilgan. Ushbu koʻrsatkich mavjud va talab qilinadigan moliyalashtirish hajmi oʻrtasidagi nisbat shaklida aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishni ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida‖gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularni resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarorlarida Bazel qo‘mitasining bank nazorati boʻyicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-avgustda 2709-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklarini likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy bankni 2015-yil 13-iyundagi 14/3-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyuldagi 2693-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalini monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yoʻriqnomalari qabul qilindi. Ushbu yoʻriqnomalarda Bazel qo‘mitasining bir qator yangi talablari, shu jumladan, banklarni likvidliligi va barqaror moliyalashtirish manbalari, kapitalini 142
Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffisienti quyidagi formula orqali hisoblanadi: Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling