Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
-BOB: TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Tijorat banklarnini investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
9-BOB: TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION
OPERATSIYALARINI BOSHQARISH 9.1. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini mazmuni va zarurligi 9.2. Banklar investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplari 9.3. Tijorat banklarnini investitsiya portfelini sifatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar 9.4. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini boshqarish usullari 9.1. Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini mazmuni va zarurligi Tijorat banki investor sifatida qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Bank qimmatli qogʻozlarni ikki maqsadda sotib oladi: Likvidliligini taʻminlash maqsadida Daromad olish maqsadida AQShning Kolumbiya universitetining professori F.Mishkinning xulosasiga koʻra, tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda moliyaviy innovatsiyalarga asosiy eʻtiborni qaratish lozim. Foiz stavkalarining sezilarli darajada tebranishi yangi moliyaviy mahsulotlarga boʻlgan talabning oʻzgarishiga bevosita va kuchli taʻsir qiluvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. 1950-yillarda uch oylik xazina veksellari foiz stavkalarining tebranishi 1,0 foizdan 3,5 foizgacha diapazonda, 1970-yillarda – 4,0 foizdan 11,5 foizgacha, 1980-yillarda 5,0 foizdan 15,0 foizgacha boʻlgan diapazonni tashkil etdi. Foiz stavkalarini bu qadar kuchli tebranishi kapital qiymatini sezilarli darajada oshishiga yoki kamayishiga olib` keldi, investitsiyalarning qaytishi borasidagi noaniqlik kuchaydi16. F.Mishkin AQSh misolida moliyaviy innovasiyalarning bank tizimining barqarorligini taʻminlashdagi rolini asoslab bergan. Ammo, ushbu xulosa Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun hozircha amaliy ahamiyatga ega emas. Chunki, respublikamizda Hukumatning qimmatli qogʻozlari mavjud emas. Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых циклов. 7-е изд. Пер. с англ. – М.: ООО «И.Д.Вильямс», 2013. – С.295. 98 Ye. Dolan ikkilamchi zahiralarning quyidagi toʻrt shaklini ajratib koʻrsatdi: Hukumatning qimmatli qogʻozlari; Boshqa banklarning depozit sertifikatlari; Tijorat qimmatli qogʻozlari; Investitsion fondlar. Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarni qimmatli qogʻozlari boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Bunday holatlarni ―Oʻzsanoatqurilish― bankida, Tashqi iqtisodiyot faoliyat ―Milliy banki‖ da va boshqa tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz. 9.1.1-jadval maʻlumotlaridan koʻrinadiki, Barklays bank aktivlarini umumiy hajmida qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar va kreditlar asosiy salmoqni egallaydi. Ushbu ikki aktivni jami aktivlar hajmidagi salmogʻi, 2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 82,0 foizni tashkil etdi. Bu esa, birinchidan, Barklayz bankning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan birini kreditlash ekanligi bilan, ikkinchidan, bankning qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarini rivojlanganligi bilan izohlanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling