Qisqacha xulosalar
Tijorat bankini kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan barcha kreditlarni yigʻindisidir,
96
Kredit portfeliga muddati oʻtgan kreditlar ham, shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi,
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida oʻz ifodasini topadi. Tijorat banklari oʻz mijozlariga turli koʻrinishdagi kreditlar berishi mumkin.
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta qismi ham aynan shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelini qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita taʻsir koʻrsatadi.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: diversifikatsiyalash usuli; kreditlarni restruktizatsiyalash usuli; zahiralar shakllantirish usuli; muddati oʻtgan kreditlar va foizlarni balansdan chiqarish usuli.
Tayanch soʻz va iboralar
Ssudalar, kredit monitoringi, ikki pogʻonali tizim, standart krediti, substandart krediti, qoniqarsiz krediti, shubhali krediti, umidsiz krediti, kreditlarni rekonstruktizatsiyalash usuli, muddati oʻtgan kreditlar, foizlarni balansdan chiqarish.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
Tijorat banklari kredit portfeli tushunchasi
Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish
Kredit portfelini sifat jihatdan tahlili.
Kredit portfelini diversifikatsiya qilish zarurligi.
Muammoli ssudalar.
Muammoli ssudalarni yuzaga kelishining belgilari va asosiy sabablari. 7.Kreditlarning qaytarilmaslik muammosini keltirib chiqaruvchi omillar.
Muammoli ssudalarni boshqarish usullari.
Muddati oʻtgan kreditlarni va ularga hisoblangan foizlarni tijorat banklarining balansidan chiqarish tartibi.
Tijorat banklarining kredit portfelini boshqarish usullari.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |