Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Tijorat banklari aktivlari va passivlarini tezkor va strategik
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
10.2. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirish Tijorat banklarini aktivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda likvidli aktivlarini miqdorini depozitlarning nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamgʻarma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarni nobarqarorlik darajasi yuqori boʻlib, tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Depozitlarni barqaror qismini jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarni amaliyotiga xos boʻlgan holat hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarini rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror boʻlgan mijozlarning koʻpligi, Markaziy bank monetar siyosatini maqsadi va vazifalarini aniq hamda shaffofligi, korxonalarni soliq yukini moʻtadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini barqaror darajasini taʻminlashga zamin yaratadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari 113 rivojlanmaganligi, Markaziy bankni monetar siyosatida noaniqliklarni mavjudligi, soliq siyosatini takomillashmaganligi va boshqa omillar xoʻjalik subyektlarini moliyaviy holatiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xoʻjalik subyektlarini pul oqimini barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va jamgʻarma depozitlari qoldiqlarini nobarqarorligi kuchayadi. Tijorat banklarini passivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda asosiy eʻtibor bankning depozit bazasini barqarorligini taʻminlashga qaratilishi kerak va bunda tijorat banklari resurslarini eng barqaror qismi boʻlib muddatli depozitlar va jamgʻarma omonatlari hisoblanadi va ular quyidagi muhim xususiyatlarga egadir: – hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi va ularga toʻlov hujjatlari yozilmaydi; – muddatli va jamgʻarma depozit hisobraqamlaridagi mablagʻlarni aylanish tezligi past; – qatʻi belgilangan foiz toʻlanadi, Markaziy bank zarur hollarda foiz stavkalarini yuqori chegarasini tartibga solishi mumkin; – tijorat bankini depozitni olish toʻgʻrisida oldindan ogohlantirish tartibi mavjud; – nisbatan past majburiy zahira stavkalari qoʻllaniladi. Transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarini likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu sababli, Glass-Stigoll qonuniga asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz toʻlashni taʻqiqlanishi oqilona tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamgʻarma depozit hisobraqamlariga tijorat banklari tomonidan toʻlanadigan foiz stavkalarini yuqori chegarasini belgilanishi tijorat banklarini depozit bazasiga salbiy taʻsir qiladi. Bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish kamida 2–10 yilga moʻljallanib ishlab chiqiladi, bunda asosiy eʻtibor resurslarni jalb etish va joylashtirishni muddatlar boʻyicha muvozanatlashtirish, mijozlarni tarkibini shakllantirish, resurslarni jalb etishni omonatchilar va mijozlar boʻyicha diversifikatsiyalash kabilarga eʻtibor qaratiladi. 114 Iqtisodiy oʻtish sharoitida tijorat banklari resurslarini boshqarishni strategik rejalashtirish usuli iqtisodiy va siyosiy risklarni minimallashtirishda, bankni oʻzgaruvchan bozor sharoitiga moslashuvchanligida muhim rol oʻynaydi. Sberbankning 2014-2018-yillarga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasida moliyaviy natijalar boʻyicha quyidagi 6 ta koʻrsatkich boʻyicha strategik rejalashtirish amalga oshirilgan: Kapitalning rentabelligi. Birinchi darajali kapitalni yetarliligi. Xarajatlarni daromadlarga nisbati. Xarajatlarni aktivlarga nisbati. Sof foydani oʻsishi. Aktivlarni oʻsishi. 10.2.1-jadvalda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, Sberbank tomonidan 2018-yilda kapitalni rentabelligini 18% darajasiga yetkazish rejalashtirilgan edi. Ushbu reja koʻrsatkichi 2016-yilning yakuni boʻyicha bajarildi (21%). Birinchi darajali kapitalni yetarlilik darajasini 2018-yilda kamida 10 % boʻlishi rejalashtirilgan edi. 2016-yil yakuni boʻyicha ushbu reja koʻrsatkichi bajarildi va u 12,3 foizni tashkil etdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling