DBE=
|
|
x 100%
|
|
Depozitlar jami
|
|
|
|
|
Mazkur koʻrsatkichning amaldagi darajasi 75 foizdan past boʻlmagan taqdirdagina tijorat bankini depozit bazasi yetarli hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, tijorat banklari depozitlarini umumiy hajmida asosiy depozitlarni salmogʻi kamida 75 foizni tashkil etishi lozim.
―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch turdagi depozitlar – transaksion depozitlar, muddatli depozitlar va jamgʻarma depozitlarini barqaror qoldigʻini oʻz ichiga oladi.
―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasini yetarliligini baholash usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi. Yaʻni, birinchidan, transaksion depozitlarni barqaror qoldigʻi hisobga olinmoqda. Bu esa, juda muhim, chunki transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻidan foydalanilganda tijorat banklarini likvidliligiga nisbatan jiddiy xavf yuzaga
Лаврушин О.И. Банковское дело: современная система кредитования: Учебное пособие. - М.:
Кнорус, 2014. - 360 с.
117
kelmaydi; ikkinchidan, jamgʻarma depozitlarini barqaror qoldigʻigina asosiy depozit sifatida eʻtirof etilmoqda. Holbuki, jamgʻarma depozitlarini maʻlum qismi nobarqaror passiv hisoblanadi. Ular transaksion depozitlardan bankni maʻlum muddat oldindan ogohlantirish yoʻli bilan olinishi jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |