Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet62/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Joriy likvidlilik koeffitsiyenti - joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankni likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi.

Mazkur koʻrsatkich 30 foizdan kam boʻlmasligi lozim.




Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffitsiyenti yuqori likvidli aktivlarni keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi (LQMK = yuqori likvidli aktivlar/keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim). Mazkur koʻrsatkich 2018-yil 1-yanvardan boshlab 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim.

2018-yil 1-yanvardan boshlab banklarda sof barqaror moliyalashtirish meʻyori joriy qilindi.


Ushbu meʻyor barqaror moliyalashtirishni mavjud summasini barqaror moliyalashtirishni zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi va koʻrsatkich 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim.


120
Bunda barqaror moliyalashtirishni mavjud summasiga:



  1. bank regulyativ kapitali;

o amaldagi qaytarish muddati 1 yil va undan ortiq boʻlgan bank majburiyatlari;



  1. qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari

summasining 30 foizi;


o qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari summasining 30 foizi kiritiladi.





  1. Barqaror moliyalashtirishni zarur summasiga :

o qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu jumladan, muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari, binolar, mebel, kompyuterlar va avtomashinalar);





  1. sud jarayonida boʻlgan yoki belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar;




  1. qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa aktivlar summasini 30 foizi (qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan yoki muddatsiz likvidli aktivlar

bundan mustasno);





  1. balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarni 15 foizi kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-


sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qaroriga muvofiq, 2017-yil 1-oktabrdan boshlab tijorat banklari ustav kapitalini eng kam miqdoriga nisbatan talab 100 mlrd. soʻm qilib belgilandi. Bu esa, banklarning kapitallashish darajasini oshirishga xizmat qiladi.


1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling