Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻrsatkichlar Meʻyoriy darajasi
- 11.2. 2-jadval Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarini kapitallashish darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni holati 28
- Koʻrsatkichlar 2013y. 2014y. 2015y.
11.2. 1-jadval
Bazel-I standartida koʻzda tutilgan kapitalni yetarliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar va ularning meʻyoriy darajalari
11.2.1-jadval maʻlumotlaridan koʻrish mumkinki, Bazel-I standartida tijorat banklarini birinchi darajali kapitali miqdorini reguyativ kapitalni yarmidan kam boʻlmasligi belgilangan. 11.2. 2-jadval Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarini kapitallashish darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni holati28
11.2.2-jadvalda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, 2013-2018 yillarda respublikamiz tijorat banklarini regulyativ kapitali miqdori oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Buning ustiga, mazkur davr mobaynida tijorat banklari regulyativ ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида 133 kapitalini yetarlilik darajasi Bazel standarti talablaridan qariyb 3 barobar yuqori boʻlgan. Mazkur holatlar tijorat banklarini kapitallashish darajasini oshirish nuqtayi-nazaridan ijobiy hisoblanadi. 2013-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarini umumiy kapitali miqdori oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Bu esa, banklarni toʻlovga qobilligini taʻminlash nuqtayi-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. 11.3. Bank kapitalini oshirishning asosiy manbalari. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha xalqaro talab va standartlar (Bazel III) hamda ulardan Oʻzbekiston bank amaliyotida foydalanish imkoniyatlari 2010-yil sentabr oyida Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi bank kapitali va likvidliligini yangi standartlari toʻliq ishlab chiqilganligini eʻlon qildi hamda noyabr oyida ushbu yangi standartlar katta yigirmalik davlatlari rahbarlarini Seul Sammitida tasdiqlandi. Bazel-III deya nomlanayotgan ushbu yangi standartlar banklar kapitali yetarliliga minimal talablarni tobora va bosqichma-bosqich kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu yangi standartlarga katta yigirmalik davlatlarida 2013-yildan boshlab oʻtilishi hamda 2019-yilga kelib ushbu davlatlarda banklar oʻz kapitallarini Bazel-III talablariga toʻliq moslashtirishlari kutilmoqda. Bazel-III talablari oʻzi nimalardan iborat, degan savol yuzaga kelishi aniq. Ushbu savolga batafsilrok toʻxtalib oʻtsak. Bazel-III da bank kapitaliga oid qator yangi tushunchalar, jumladan «Bufer kapitali» deb umumiy nom olgan ikkita: konservasion hamda kontrsiklik bufer kapitali tushunchalari kiritilmoqda. Konservasion kapital iqtisodiy, moliyaviy inqirozlar davrida banklar zararlarini qoplash uchun oʻziga yarasha qalqon sifatida xizmat qilishi kutilmoqda. Kontrsiklik kapital har bir mamlakat shart-sharoitidan kelib chiqqan holda, 0-2,5 foiz doirasida belgilanadi. Yana bir yangi tushuncha — bu tizim uchun muhim banklar kapitaliga qoʻshimcha talablardir. Tizim uchun muhim banklar deganda hajmi, murakkabligi hamda tuzilmaviy oʻzaro bogʻlanganligi sababli 134 ularni tanazzulga uchrashi butun moliya tizimi inqiroziga hamda iqtisodiy faollik falajiga sabab boʻladigan banklar tushuniladi. Bazel-III da bunday banklar kapitaliga nisbatan qoʻshimcha talablar ishlab chiqilishi lozimligi toʻgʻrisida umumiy kelishuvga kelingan. Demak, Bazel-III ga koʻra, banklar regulyativ kapitali koʻrsatkichi birinchi darajali bank kapitali, konservasion bufer kapitali, kontrsiklik bufer kapitali hamda tizim uchun muhim banklar kapitaliga qoʻshimcha talablar yigʻindisidan iborat boʻladi. Tijorat banklarida risk boshqaruvini takomillashtirish lozim. Xalqaro amaliyotda bank menejmentini markaziy boʻgʻini risk boshqaruvi ekanligi allaqachon isbotlangan. Bazel-I, Bazel-II va Bazel-III, standartlarini asl mohiyati ham risk va kapital oʻrtasidagi bogʻliqlikda namoyon boʻladi. Bazel-III kelishuvini bosh maqsadi –bank ishida risk boshqaruvi sifatini oshirish hisoblanadi. Bazel-III tavsiyalarini qoʻllashdan koʻzlanayotgan asosiy maqsadlar: ►bank sektorini moliyaviy-iqtisodiy tanglikdan kelib chiqadigan inqirozlarga qarshi tura olish imkoniyatini oshirish; ►risk-menejment va boshqaruv sifatini oshirish; ►banklar faoliyati, kapital bazasi shaffofligini (transparentligi) kuchaytirish. Bazel-III negizidagi asosiy yangi talablar: ►kapital yetarliligiga nisbatan yangi talablar (oddiy aksiyalar va taqsimlanmagan foydaga ustuvorlik berish, qoʻshimcha maxsus zahira kapitalini shakllantirish); ►2 ta likvidlilik koeffitsiyentiga (liquidity coverage ratio, net table funding ratio) nisbatan meʻyoriy talablarni joriy etish; ►leveraj koeffitsiyentini joriy qilish (Bunda koeffitsiyentni oʻrtacha choraklik darajasi hisoblanadi va dastlabki bosqichda uning meʻyoriy darajasi 3 foiz etib belgilanadi). Tijorat banklari kapitalini oshirish manbalari 135 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling