Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari Konsolidatsiyalashgan shoʻba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yoʻnaltirilgan qoʻyilmalar
- Bank kapitalini boshqarishning asosiy ob’ektlari
tarkibining asosiy elementlari
Kreditlardan koʻriladigan zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdorini 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi Qayta baholash zahirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar hamda yerni qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan zahira miqdori tushuniladi Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari Konsolidatsiyalashgan shoʻba korxonalarini tashkil etish maqsadiga yoʻnaltirilgan qoʻyilmalar 11.1. 2-rasm. Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali tarkibini asosiy elementlari qoʻshimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxini ularni nominal qiymatidan oshib ketishi; taqsimlanmagan foyda, shu jumladan: kapital zahiralar; avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi; joriy yil zararlari. ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush shoʻba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalini 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. ye) bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiyaga zahiradir. 128
darajali kapital quyidagilardan iborat: a) joriy yildagi sof foyda; b) xatarni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob- kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zahira; hisob-kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini oʻz ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin: toʻliq toʻlangan boʻlishi kerak; garov bilan taʻminlanmagan; bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondirilganidan soʻng qondirilishi; aksiya egasini tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz toʻlanishi mumkin emas; bankni har qanday zararlarini qoplashi va bankni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʻlon qilish huquqini bermasligi; agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan boʻlsa, emitent xohishiga koʻra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni toʻlash muddati kechiktirilishi mumkinligi. subordinar qarz, bu bankni qarz majburiyatlari shakli boʻlib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan soʻng I darajali kapitalni 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz toʻlash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim: 129
garov taʻminotiga ega boʻlmaslik; bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar boʻyicha talablar depozitorlar talablari qondirilganidan soʻng amalga oshirilishi; boshlangʻich toʻlov muddati 5 yildan ortiq boʻlishi; bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya uchun zahiralar. Oʻzbekiston tijorat banklarini birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel andozalaridan farqli oʻlaroq, bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zahirasi alohida manba sifatida eʻtirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarini joriy yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan. Maxsus zahiralar bank balansini kontr-aktiv hisob varaqasida aks ettirilib bank xarajatlari hisobidan shakllantiriladi. Bazel qoʻmitasini andozalariga koʻra aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zahirasini riskka tortilgan jami aktivlar summasini 1,25 foizga teng miqdorini II darajali bank kapitali tarkibiga kiritiladi. Devalvatsiya zahirasi esa, u shubhasiz bankni oʻziga tegishli boʻlgan xorijiy valyutadagi kapital zahira qiymatini oʻsishi natijasida yuzaga keladi, yaʻni devalvatsiya zahirasiga nobarqaror moliyaviy manba sifatida qarash mumkin. Ayni vaqtda, milliy valyutasini kursi nobarqaror boʻlgan mamlakatlarda devalvatsiya zahirasi miqdorida keskin tebranish yuz bermoqda. Bu esa devalvatsiya zahirasini nobarqaror moliyalashtirish manbaiga aylantirmoqda. Shu munosabat bilan taklif qilardikki, xorijiy valyutalar boʻyicha devalvatsiya zahirasini asosiy kapital tarkibidan chiqarib qoʻshimcha kapital tarkibiga kiritish lozim. Tijorat banklarini kapitalini samarali boshqarishga erishish iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarini samaradorligini taʻminlashda muhim oʻrin tutadi. Tijorat banklari kapitalini boshqarish koʻpqirrali jarayon boʻlib, ushbu jarayonda asosiy eʻtibor kapitalni tarkibiga qaratiladi. Quyidagi chizmada bank kapitalini boshqarish obyektlaridan kelib chiqib uni bank faoliyatiga taʻsirini koʻrish mumkin. 130 Bank kapitalini boshqarishning asosiy ob’ektlari
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling